Sovg’alarni qabul qilish san’ati

Sovg’alarni qabul qilish san’ati

Hayotingizda Baraka oqimini ko’paytirish uchun, qabul qilishni o’rganish ham juda muhim ahamiyatga ega. Biz qancha bersak, shuncha olamiz, demak, qancha olsak, shuncha berishga tayyor bo’lishimiz kerak. Bu muhim narsaga ko’pchilik e’tibor bermaydi. Shu bilan birga, qabul qilish oson tuyulishi mumkin, lekin unday emas. Ehtiyotkorlik bilan maqtovlarga e’tibor bering. Ularni qabul qilishni o’rganing, chunki shu bilan atrofdagilar o’zining berish imkoniyatini oshiradi.

Osonlik bilan sizga berilgan har qanday narsani qabul qilish qobiliyatingiz sizga barakani jalb qilishda yordam beradi. Agarda sizga yaxshi narsa taklif qilinsa, voz kechmang. Agar sizga sovg’a berilsa, uni qabul qiling va minnatdorchilik bildiring. Kimdir restoranda xisob bo’yicha to’lashni istasa, bahslashmang. “Rahmat” ayting va insonga “berish” imkonini bering.

Sovg’alar haqidagi noto’g’ri tushunchadan voz keching. Ular sizni zaif yoki majbur qilishini unuting. Agarda sizga yoqmaydigan yoki sizga kerak bo’lmagan sovg’a berilsa, boshqa kimnidir xursand qiladigan insonga bering. Bu holda barcha xursandchilikga ega bo’ladi. Sovg’ani rad qilsangiz, siz nafaqat o’z hayotingizda balki beruvchi insonning hayotidagi baraka oqimini ham to’sib qo’yishingiz mumkin. O’zingiz sovg’a qilganingizda, uni qabul qilinishini istaysizmi?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javoh

    E, konechno sovg’a olish de, sovg’a berishga pul kere, pul jalko cool

  2. Mohloroyim

    Kimga qanday blmadm lekn menga sovģa berish ko’pro yoqadi o’zm sevgan yaxshi ko’rgan insonlarmni qaysdr ma’noda ko’nglini ko’tarb, xursand qila olsam ularni menga bergan eng katta sovg’asi shu.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social