So’zlar bilan yetkaziladigan jarohatlar

So’zlar bilan yetkaziladigan jarohatlar

Jahlini va o’zini tuta bilmaydigan yosh yigit yashar edi.

Bir kuni otasi unga bir qopcha mixlarni berib, dedi: “Har doim, o’z jahlingni ushlay olmasang yoki kimdir bilan urishsang, bog’ning taxta devorga bitta mixni qoqib qo’y”.

Birinchi kuni devorda o’ntadan oshiq mixlar bor edi. Bir xaftadan so’ng, yigit o’zini tuta boshladi va har kuni bilan mixlar soni kamayishni boshladi. Yigit mixlarni qoqishdan ko’ra o’zini tutish yengilroq ekanini tushundi.

Bir kuni u umuman jahl qilmadi. Bu haqida u o’z otasiga aytib berdi va otasi har doim o’zini tuta olganda devordan bittadan mixni olib tashlashini aytdi. Vaqt o’tdi va o’g’li otasida devorda mix qolmagani haqida xabar berdi.

Shundan so’ng ota o’g’lini devor oldiga olib bordi: “Sen yaxshi ish qilding, ammo devorda qancha teshiklar qolganini ko’ryapsanmi? U endi oldingidek bo’lolmaydi. Qachon-ki biror insonga yomon gapirsang yoki ko’nglini og’ritsang, uning qalbida huddi shu teshiklardek doimiy jarohat qoladi”.

Hikoyamizmi shunday gap bilan tugatmoqchimiz:

“Aziz do’stlar, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g‘azab kelganda bosiq bo‘lsin. Chunki insoniy g‘azabingiz Xudoga manzur bo‘lgan solih hayot kechirishingizga yo‘l qo‘ymaydi!”

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ana senga hikoya! Hayotiy misol.

  2. insonlar bir biriga soz’lar bilan jarohat etkizishadi, xattoki kerichim so’zi xam yordam berolmaydi!

  3. Fazo.tv

    Sizga yoqqanidan juda hursandmiz. Tez-tez saytimizga tashrif buyurib turing!

  4. Fazo.tv

    Xa to’g’ri aytasiz, Ziyod. Nima uchun insonlar shunchalik ko’p so’zlar bilan jarohat yetkazishadi?

  5. chunki bola kichik yoshidan jarohat olishni boshlaydi, o’lg’ayib borganda o’zi bilmagan xolda avtamaticheski o’zi boshqa insonlarga jarohat etkazadi.

  6. Abdusalom

    Qush inida ko’rganini qiladi. Bu hikoya ko’proq ota-onalarga taa’luqli, menimcha.

  7. Abdusalom

    “Aziz do’stlar, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g‘azab kelganda bosiq bo‘lsin. Chunki insoniy g‘azabingiz Xudoga manzur bo‘lgan solih hayot kechirishingizga yo‘l qo‘ymaydi!” -debsizlar. Yaxshi tilaklarni bildiribsizlar. Fazo saytiga men katta hohish bilan kiraman. Lekin qanday qilib eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, g’azab kelganda bosiq bo’lish mumkin? Pirog pishirishni aytibsizku, lekin uni qanday pishirishni o’rgatmabsiz chog’i.

  8. Fazo.tv

    Xa, balkim pishirishni o’rgatmagandirmiz, siz o’zingiz Fazo saytini katta hohish bilan o’qiyman deb yozibsiz. Agarda siz e’tiborlik bilan saytimizning “munosabat” bo’limini ko’rib chiqsangiz, biz asosan inson o’zini tanib bilishi, o’zini o’zi rivojlantirish, maqsadlarni aniqlash, kechirim berish va hokoza haqida juda ko’p yozganmiz. Anu shu yerda siz aytgan “qanday qilib pishirishni” ko’rishingiz mumkin. Agarda u ham yetarli bo’lmasa, saytimizning “Bog’lanish”bo’limiga kirib, bizga maktub yozing!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social