Steve Jobs ning ohirgi so’zlari (Apple kompaniyasi asoschisi)

Steve Jobs ning ohirgi so’zlari (Apple kompaniyasi asoschisi)

Ko’plarimiz Steve Jobs haqida eshitgan bo’lsak kerak? Bu inson Apple kompaniyasining asoschisidir. Men u haqida ko’p bilmagam edim, navbatdagi boyvachcha deb o’ylagan edim. Ammo u o’limdan oldin yozgan narsalar meni yanada o’z hayotim haqida yaxshilab o’ylashga majbur qildi:

“Men biznesdagi muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqdim. Boshqalarning ko’zlarida mening hayotim muvaffaqiyat ramzi bo’ldi.

Biroq, ishdan tashqari mening hayotimda xursandchilik juda kam bo’lgan. Mening boyligim – men o’rganib ketgan fakt bo’lib qoldi.

Hozirgi vaqtda kasalxonada yotibman va butun hayotimni eslayman, men shuni tushundimki, men mag’rurlanib yurgan barcha maqtov va boylik, o’lim oldida men uchun hech narsa emas ekan. 

Qorong’ilikda men sun’iy nafas olish jihozining yashil rangiga qarab yotibman va hamma mexanik tovushlarni eshityapman, men o’lim yonidagi nafasni eshityapman.

Men faqatgina hozir tushunishni boshladim, qolgan hayotimni yaxshi yashash uchun etarli pul bo’lgandan keyin, boylik bilan bog’lik bo’lmagan boshqa maqsadlarga intilishim kerakligini tushundim.

Bundan muhimroq narsa bo’lishi kerak: Masalan, sevgi haqida hikoyalar, san’at, yoshligimdagi orzular.

Doimiy boylik ortidan yugurish insonni qo’g’irchoqqa aylantiradi. Bu narsa men bilan ham sodir bo’ldi. Biz sevgimiz haqida yaqinlarimiz bilan bo’lishish uchun, Xudo bizga his-tuyg’ularni taqdim etdi.

Hayotimda erishgan boylikni, men o’zim bilan olib ketolmayman. Men olib ketishim mumkin bo’lgan narsa – bu faqat sevgi bilan bog’liq bo’lgan xotiralarimdir. Sening ortingdan ergashadigan va senga oldinga intilish uchun kuch beradigan narsalar haqiqiy boylik sanaladi.

Sevgi katta masofalardan o’tishi mumkin. Hayotda chegaralar yoq. Siz erishmoqchi bo’lgan cho’qqilarga erishing. Siz yurak chaqirgan tomonga boring. Buning barchasi sizning qo’llaringizda.

Pulga ega bo’lib, sizni olib yuradigan insonlarni ishga olishingiz mumkin, uyni yoki ishxonani yig’ishtiradigan insonlarni olishingiz mumkin. Ammo hech kim kasalingizni o’ziga ololmaydi.

Moddiy narsalarni topish va qidirish mumkin. Ammo bir narsa borki, agarda uni yo’qotsang hech qachon topolmaysan. Bu hayot.

Sizning yoshingiz va nimaga erishganingiz muhim emas. Barchamizda hali mo’jizaviy kunlar keladi.

Sizning boylingingiz – bu oilaga, yaqinlaringizga, sevgan insonga, do’stlaringizga bo’lgan sevgidir. O’zingizni asrang. Boshqalarga g’amxo’rlik qiling”.

Agarda uning so’zlari sizga ham ta’sir qilgan bo’lsa, unda do’stlaringiz va yaqinlaringiz bilan bo’lishishni unutmang!

Kommentlar: 37 komment. 37 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. shaxzod

    Ha bu gapini ikalasi ham tõĝri lekin boylikni deb dõstu birodarni unutish kerak emas shu asnoda soĝliqqa ham etibor berish kerak

  2. Fazo.tv

    To’g’ri Shaxzod, lekin hamma ham shuni tushunarmikan??

  3. G'ayrat

    Boylikni ham dostlikni bir maromda olib borish kerak.

  4. Nodirbek

    Men bu insonni juda hurmat qilamn

  5. Rustam

    Ha bu inson albatta tarixda qoladi. Bu kabi insonlar xech qachon unitilmaydi.

  6. Dilnoza

    Bu insonning so’zlari barchaga o’rnak va maslahat bo’ladi

  7. Qirol

    Stiv Jobs hayotda qanday yashash kekerakgini juda yahshi tariflabti bu inson shunchaki motivatsiya

  8. Furqat

    Stiv jobs ni sõngi sõzlari boshqa insonlarga buyuklikka erishishga hizmat qiladi deb õylayman

  9. Doston

    Ha to’g’ri buyuk inson edi

  10. Shahina

    Juda ham ta’sirlandim

  11. Umidjon

    Albatta judayam tog’ri so’zlar hayotni ham sog’likni ham dostlarniyam qadriga yetish kerak men hammadan boyman hozr chunki men sog’lomma eng kotta boylik shu emasmi aslida

  12. xursand

    Juda zor mativatsiya beradi uning har bir soylari instagram. Varavskoy_time

  13. Mirshodbek

    Hayoda qiynalayapman dardim bor hech narsa qulimdan kelmaydi ..deyapsanmi .hayoting qanchalik guzal bulishni istasang sen avvol uzingga ishon .uzing ishonmagan narsaga boshqalarni ishontirib nima qilasan.Bu insoning hayoti bilan tanishib chiq unda zora uxshash tomaning bulsa.Bu insonni hurmat qilaman.hayotidan tasirlanganim uchun shu suzlarni yozdim.rahmat

  14. Mirshodbek

    Hayotda qiynalayapman dardim bor hech narsa qulimdan kelmaydi ..deyapsanmi .hayoting qanchalik guzal bulishni istasang sen avvol uzingga ishon .uzing ishonmagan narsaga boshqalarni ishontirib nima qilasan.Bu insoning hayoti bilan tanishib chiq unda zora uxshash tomaning bulsa.Bu insonni hurmat qilaman.hayotidan tasirlanganim uchun shu suzlarni yozdim.rahmat

  15. Fazo.tv

    Katta rahmat Mirshodbek so’zlaringiz uchun! Juda to’g’ri aytasiz, inson birinchi o’rinda Xudoni, keyin esa o’zini sevishi lozimdir.

  16. Husayn

    Bu satrlardagi so’zlar shunchaki o’qib tasdiqlab ketadigan va tezda unutib yuboriladigan so’zlar emas aslida bu so’zlar ma’nosida hayot mazmuni yashiringan albatta qalb ko’zi bilan ko’ra biladiganlar uchun Stiv Jobs u tengi yo’q insonlardan edi

  17. Husayn

    Bu satrlardagi so’zlar shunchaki o’qib tasdiqlab ketadigan va tezda unutib yuboriladigan so’zlar emas, aslida bu so’zlar ma’nosida hayot mazmuni yashiringan albatta qalb ko’zi bilan ko’ra biladiganlar uchun. Stiv Jobs o’z ismini barchani yuragiga muhrlagan insonlar qatorida.

  18. Fazo.tv

    Salom Husayn, to’g’ri aytasiz, Stiv Jobs dunyoning eng aqlli insonlaridan biri bo’lgan va uning so’zlari ko’p insonlarning hayotini o’zgartirgan

  19. Murodjon

    ha lekin shuncha boylik toplab ohiri afsuslandi

  20. Farangiz

    Men 8 sinf õquvchisiman bu odam haqida ing tili kitobida such keldim bu odam hayoti va õzlariz have a Wildman

  21. Bunyod

    Bular rost narsa hayotning deyarli hamma sinovidan oʻtgan tajribali insonning gaplari axir bular shunga qarab fikr bildiringlar

  22. Fazo.tv

    Salom Bunyod! Fikringiz uchun katta rahmat smile

  23. Ixtiyor

    Shunchaki tasanno hayotni korgan va haqiqatini tushunga inson. Lekin afsus kopchilik qatori kech tuahunilgan haqiqat.

  24. Fazo.tv

    Salom Ixtiyor! To’g’ri aytasiz. Biz bilan qoling smile

  25. Oybek

    Muvaffaqiyat nimaligini bilmay, uni dunyoga (boylik) bog’lab qo’yaybmiz bad

  26. Fazo.tv

    Salom Oybek! Juda to’g’ri aytasiz. Nega shunday deb o’ylaysiz?

  27. hasan

    stiv jobsnig hayoti menga juda yoqadi

  28. Bahrom

    O’lim soya solib turganda hamma ham
    Avliyo bo’lib ketadi. Ammo Stiven ham sog’ tirik kaytida shu so’zlarni aytmadi.

  29. ABROR

    STIV HAMMA SINGARI ODIY ODAM EDI . UO’ZINI MASHHUR QILISHNI EMAS SHUNCHAKI ODAMLARGA SHAROIT YARATIAHNI O’YLAGAN . SHUNING UCHUN MASHHUR BO’LGAN DEB O’YLAYMAN

  30. Fazo.tv

    Salom ABROR, fikringiz uchun katta raxmat smile

  31. shukrullox

    bu inson doimo esimizdan chiqmaydi good

  32. Fazo.tv

    Salom shukrullox! Juda to’g’ri aytasiz smile

  33. Zarina

    Otasi unga qanday matevatsiya bergan

  34. Hojiakbar

    Boy va buyuk inson birinchi bo‘lib sensorli telefon yanfi iPhone ni yaratdi. Zarina uni ota-onasi mehribonlik uyiga tashlab ketgan

  35. Samandar

    Qatdan bunaqa narsani topdiz? He4 kim uni tawab ketmagan, bowqa oilaga bervoriwgan

  36. Anonim

    Toʻppa toʼgʼri

  37. Ulug'bek

    smile smile smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social