Stress va uning oqibatlari

Stress va uning oqibatlari

Xar bir inson xayotida bir necha bor stress va uning oqibatlarini boshidan kechirgan. Asosan hozirgi davrda vaqtning etishmasligi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanishi oqibatida yuzaga keladigan kambag`allik hamda bir vaqtning o`zida inson odob-ahloqi pasayishi oqibatida insoniyat stressga duch kelmoqda.

Stress o`zi nima?
Inson stress holatida bergan javobi o`zi uchun salbiy ta`sir qiluvchi omildir. Inson uchun salbiy ta`sir qiluvchi omillar organizmda charchoqlik, qo`rquv, beparvolik, kamsitilish, og`riq va boshqa shunga o`xshash oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Organizmning stressdan ta`sirlanishi quyidagi bir nechta davrlarga bo`linadi:
1. Havotirlik davri, bu davrda organizmning himoya kuchi ishga solinadi. Organizm, chin (yoki hayoliy) ro`y bergan xavf-xatar bilan kurashishga harakat qiladi va buning uchun haddan tashqari ko`p kuch sarflaydi. Shunday bo`lsada, u bu bosqichda barcha zaxiralarni ishga solgan holda kurasha oladi. Organizmning fiziologik safarbarligi quyidagilarda namoyon bo`ladi: qon quyuqlashadi, jigar yoki taloq kattalashadi, elementlarning tarkibida fiziologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Birinchi davrning oxiriga qadar ko`pchilik odamlarda ish qobiliyatining oshishi kuzatiladi.

2. Bu davr maksimal moslashish yoki stabillash davri deb nomlanadi. Bu bosqichda, organizm, muvozanatdan chiqarilgan organizm zaxiralarini balanslashga va ularni yangi darajada mustahkam qolishiga harakat qiladi. Ushbu darajada qolgan holda, organizm tashqi faktorlarga deyarli tabiiy ta`sirlanadi. Agarda stress uzoq vaqtga cho`zilsa, uchinchi davr yuzaga keladi.

3. Tamoman ishdan chiqish davri. Modomiki, organizmning barcha zaxira kuchlari ayni vaqtgacha batamom foydalanib bo`lingan va endilikda, hattoki tabiiy ish qobiliyatini davom ettira olmaydi. Tanazzul, kuchsizlanish, tamoman ishdan chiqish yuzaga keladi.

Vashington universitetida, yuqorida aytilgan faktni tasdiqlovchi tajriba o`tkazilgan. Aniqlanishicha, tajribada qatnashgan hushtabiat va muloyim shifokorlardan, 25 yildan so`ng faqatgina 2% , serjahl va darg`azab shifokorlardan 14% vafot etgan. Odatda jahli tez, darg`azab, umidsiz, tavakkalchi insonlar nafaqat yaqin do`stlarini, balki o`z hayotlarini yo`qotadilar.

Stress bor bo`lishi yoki bo`lmasligini insonning o`zi hal qiladi. Aksariyat hollarda, inson hayotdan keragidan ortiq kutishlarga ega bo`lsayu, biroq ularni ayni damda qondirishning iloji bo`lmasa, real hayotga ko`nikish istagi bo`lmasa bu xudbin ehtiyojlar, stressga olib keluvchi psixologik o`zgarishlarga sabab bo`ladi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jahon

    Insonni stressga tushishi insonni o’ziga bog’liq!!!!

  2. m

    bu gapga q6wilmagan b6lardim, chunki k6pgina vaziyatlada tawqi omillar sabab b6ladi

  3. Aziza

    stressga tushgan insonga psixologik mashqlar yordam bersa kk, ammo bu yordamning nafi vaqtincha

  4. Aziza

    stressga tushgan insonga psixologik mashqlar yordam bersa kk, ammo bu yordamning nafi vaqtincha deb o‘ylayman

  5. Abdulaziz...

    Psixologik mashqlar insonni stresdan chiqishiga kerak ekan…

  6. Абдулазиз Ганиев

    Инсон мукаммал хилкат факат уз-узини англай олса хамма нарса кулидан келади.

  7. Mahina

    to’g’ri faqatgina o’z o;zini anglay olsa xamma narsa qo’lidan keladi

  8. M

    Stressdan chiqiwga albatta psixolog yordami kerak

  9. Fazo.tv

    Salom M, insonning o’zi chiqa olmaydimi?

  10. Rixsiboy

    Stresdan chiqiwning eng yaxshi yoli 5mln.dan okam bilaman oylik….gam tawvish bolmasa boldi xamma
    narsa orzon bosa

  11. Fazo.tv

    laugh rofl

  12. Ilhom

    Stress yomon narsa

  13. Fazo.tv

    Salom Ilhom! Sizning hayotingizda stress xolatlar ko’p bo’ladimi?

  14. Hudoybergan

    Man stress holatiga tushib imunititetimi yoqotdim 6 oydan owiq stressda tushkunlikda yurib hech qanday ishga yaranay qoldim haligacha stress holatidama. tez charchash, yarim chala isitma, limfa bezlarimda og’riq, oshqozon ichaklarimda og’riq, jigar va taloqda og’riq paydo bo’ldi manga nima maslaxat berasiz?

  15. Fazo.tv

    Salom Hudoybergan, shifokorlarga murojaat qilganmisiz? Psixologga uchraganmisiz?

  16. Hudoybergan

    Xa uchrashdim bir talay dorilar yozib berdi. Ularni olishga cho’ntak ko’tarmayapti, yaqin orada olib qolaman dorilarni.

  17. Hudoybergan

    Xa onkolog va boshqa do’xtirlar bilan uchrashdim bir talay dorilar yozib berdi u dorilarni olish uchun cho’ntagim ko’tarmayapti yaqin orada dorilarni olaman

  18. Fazo.tv

    Salom Hudoybergan, Xudo sizga sog’liq bersin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social