Tanlov – yoki yashash, yoki butun umrni hayot mazmunini qidirishga sarflash

Tanlov – yoki yashash, yoki butun umrni hayot mazmunini qidirishga sarflash

Bir kuni Ustoz uyga ketayotganida juda tez shoshilayotgan va tasodifan uning yelkasiga tegib o’tgan inson bilan uchrashdi. Ustoz o’z navbatida, xotirjam va hushmuomalalik bilan unga savol berdi:

– Hurmatli inson, qayerga tez shoshilib ketyapsan, yo’lda hech narsani sezmaysan hatto?

– Kechirasiz, – dedi u, tezlikni sekinlashtirmasdan. “Men hayot mazmunini izlayotganim sababli tez harakat qilyapman va maqsadga erishgunga qadar kechiktirishga haqqim yo’q.

– Yaxshi, men butun umrini shu mazmunni izlagan bir odam haqida eshitganman – dedi ustoz.

– Umid qilamanki, haqiqat unga oshkor bo’ldi? – Shoshqaloq sayohatchida qiziqish uyg’ondi.

– Ha, u hayotdan ko’z yumdi, vafot etayonganida tushungan narsalarini yaqinida bo’lganlarga pichirladi –  deb ustoz javob berdi.

– U nima dedi?

– U hayot mazmuni – Tanlovdir, dedi …

– Mayli, suhbat uchun rahmat – dedi u odam, Ustozga minnatdorchilik bildirdi va oldinga yugurdi.

– … Tanlov, yoki yashash, yoki butun hayotni shu mazmunni qidirishga sarflash – deb Ustoz o’z gapini tugatdi, lekin uning so’zlari allaqachon havoda qolib ketgan edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social