Jeki Chan – 69 yoshda: Bir necha avlodning bolalikdagi kumiri bugungi kunda nimalar bilan band?

Jeki Chan – 69 yoshda: Bir necha avlodning bolalikdagi kumiri bugungi kunda nimalar bilan band?

7-aprel aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning hayotidan qiziqarli faktlarni to‘pladik.

Jeki Chan ko‘pchilikka o‘zining jang san’ati va akrobatik tryuklari bilan tanilgan. Jangari filmlarda u yengil hazillari va shirin tabassum bilan taranglikni bartaraf etishga va tomoshabinni chalg‘itishga muvaffaq bo‘ladi.

Biroq aktyorlik kasbi uning boy ma’naviy olami pardasini ochadigan sanoqli faoliyat turlaridan biri ekanligini kam odam biladi.

Bir umrlik ta’lim

Jeki Chan xitoylik bo‘lishiga qaramay, uning ona tilida o‘qish va yozish qobiliyati juda past. Gap shundaki, uning maktabida maxsus grammatika darslari bo‘lmagan va darslarda u o‘qituvchilarni tinglagandan ko‘ra ko‘proq sinfdoshlari bilan o‘ynagan.

Shu sababli aktyorning uyida kompakt disklar, kinojurnallar va xitoy hamda ingliz tillari grammatikasi bo‘yicha darsliklar bo‘lgan javonlar bor. Chan ona tilidagi talaffuzini mukammallashtirishni va maktabda ololmagan bilimlarini egallash niyatida.

Ehtiyotkor odam

Jeki rejissorlar taklif qilgan rollarni alohida e’tibor bilan tanlaydi. Gap shundaki, aktyor ijodining boshida o‘ziga bir shart qo‘ygan: u zo‘ravonlik va qon to‘kiladigan, so‘kinish va erotik sahnalar bo‘lgan filmlarda rol o‘ynamaydi. U bu qarorini bolalarning uni aniq kadrlarda ko‘rishini istamasligi bilan izohlaydi.

Bir kun ham sportni unutmaydi

Aktyorning ish tartibi, albatta, ertalab 10 kilometr masofaga yugurish, cho‘zilish, suratga olishdan oldin jang san’ati harakatlari mashqlarini o‘z ichiga oladi. Bularning barchasini bajarish uchun Chan 3 soat shug‘ullanadi. O‘zining aytishicha, agar tig‘iz ish jadvali bo‘lmaganida, uzoqroq mashq qilgan bo‘lardi.

Odatdagi vaznini saqlab qolish uchun Jeki ma’lum bir parhezga rioya qilmaydi. Ammo u kuniga sabzavotli dengiz mahsulotlari iste’mol qiladi, lekin go‘shtdan qochadi, chunki u oshqozoniga og‘irlik qiladi.

Kasalxona va inyeksiyalardan qo‘rqadi

Chan deyarli barcha xavfli tryuklarni o‘zi bajaradi. Garchi u hamma holatga ko‘nikkan bo‘lsa-da, kameralar yoqilgach, hayajonlanib tashvishga tushib qoladi va noto‘g‘ri harakat qilib qo‘yishdan qo‘rqadi.

Biroq Chan qo‘rqadigan narsalar ham bor: u shifokorga borishdan qo‘rqadi, agar tryukni ko‘ngildagidek bajarolmasa, kasalxonaga borishiga to‘g‘ri keladi. Kasalxonaga kelganida esa hamshira ukol qilmasligini, buning o‘rniga qo‘li singanligini aytishini so‘raydi.

Onasining u haqida qayg‘urishiga yo‘l qo‘ymadi

Oldingi faktning davomi sifatida — Jeki onasi Liliga hech qachon muvaffaqiyatsiz chiqqan harakatlari haqida aytmagan, chunki u u haqida qayg‘urishini biladi.

Shunga qaramay, bir marta Jeki kasalxonada bo‘lganida onasi gazetadan o‘g‘li shifokorga ko‘rsatilayotgani haqida o‘qib qoladi. Chan uni tinchlantirishga urinib, jurnalistlar mish-mishlarga ko‘proq e’tibor berishini aytadi.

Lili undan jarohatlangan joyini ko‘rsatishni so‘raganida, u aldaydi va sog‘ joyini ko‘rsatadi.

Musiqani sevadi

Aktyor nafaqat kadrda, balki sahnada ham iste’dodli. Jeki Hong Kong, My Love, A Boy’s Life va With All One’s Heart kabi bir nechta albomlarini yozgan.

Uning eng sevimli qo‘shig‘i Ocean Deep va u ingliz tilida kuylashni yaxshi ko‘radi, chunki shu yo‘l bilan u boshqa tilda mashq qiladi.

Xayriya ishlari

Jeki Chan boshqalarga befarq emas, muhtoj bolalarga yordam beradi. Masalan, u mehribonlik uylariga barcha kerakli narsalarni yuboradi, pul o‘tkazadi va ular bilan uchrashuvlar tashkil qiladi.

1988-yilda Jeki Xitoy xalqiga yordam ko‘rsatadigan va maktab o‘quvchilari va talabalariga stipendiyalar ajratadigan Jeki Chan fondini yaratdi. Sal o‘tmay u mol-mulkining yarmini kambag‘allarga vasiyat qilishini e’lon qildi.

Keyinchalik aktyor 50 nafar bolani o‘z qaramog‘iga oldi, 10 nafar yetim bolani asrab oldi va Jeki Chan kasalxonasini tashkil qildi.

Xilma-xil hobbilari

Jeki bo‘sh vaqtini tabiatda o‘tkazishni afzal ko‘radi va undan ham yaxshiroq — baliq ovlashni yaxshi ko‘radi.

Aktyorning yana bir hobbisi bu — avtomobillar. U poyga avtomobillarini yig‘ishni yaxshi ko‘radi: Lamborghini Aventador, Lamborghini Murcielago va Bentley Mulsanne kolleksiyasidagi kam sonli mashinalardan hisoblanadi.

Shiori

Jeki Channing hayoti uning shaxsiy shiori bilan uyg‘unlashib ketgan: “Qo‘rquv bo‘lmasa, dublyor ham bo‘lmadi, natijada senga teng keladiganlar ham bo‘lmaydi”.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Человек легенда

  2. Oybek

    Bu odammi kinolarida hammamiz kotta buganmiz

  3. Тимур

    Факт!

  4. Gulli

    ijodiga. rivojlar tilayman shiori ajoyib in son ekan kinolarda rolari zor oynaydilar

  5. Usman

    good good

  6. Aziza

    Dospehi Bogani haliyam kurib turaman

  7. Mansur

    Yaxwi kino

  8. Gulli

    u qaysi kino edi qiziq kormagan ekanman

  9. Aziza

    Nomi wunaqa Dospehi Boga

  10. Ulug'bek

    Qirol bb

  11. Gulli

    ha yahshi rahmat end I koraman unda

  12. Тимур

    Да, доспехи Бога зур кино ваще

  13. Sardorio

    good

  14. Gulli

    xaa kinoni hozir korib chiqdim 1 qismini ajoyib kino ekan

  15. Aziza

    Ikkin4isini kurin, ikkin4isi zurro smile

  16. Gulli

    Assalom alaykum hop yaxshi endi koraman

  17. Aziza

    Kurdizmi?

  18. Gulli

    ha kordim

  19. Aziza

    Salom alaykum Gulli, yoqdimi kino?

  20. Damir

    Haqiqiy Legenda!

  21. Gulli

    Assalom alaykum ha kordim juda ajoyib kino ekan yoqdi

  22. ST

    good good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social