Tasavvur qiling sizga baxtli bo’lish va hayotdan zavq olish imkoniyati berildi!
Sizning hayotingiz boshqalar hayoti bilan mojaroga kelmaydi!
Tasavvur qiling, siz yashayapsiz va qo’rquvsiz o’z orzularingizni ro’yobga chiqaryapsiz!
Siz nima xohlashingiz, qachon buni xohlashingiz va nimani xohlamashingiz haqida juda yahshi bilasiz. O’z istaklaringiz bo’yicha hayotingizni o’zgartirishingiz mumkin. Siz “ha” yoki “yo’q” javoblarni olishdan qo’rqmaysiz.
Tasavvur qiling, siz boshqalar nima deyishlariga unchalik e’tibor bermaysiz!
Siz boshqalar istagi bo’yicha yashamayapsiz. Hech qachon barchaning istagi bo’yicha hayot kechirolmaysiz.
Tasavvur qiling, hech kimni hukm qilmayapsiz!
Osonlik bilan barchani kechirasiz va hukm qilishdan voz kechdingiz. Siz o’zingizni va boshqalarni hurmat qilyapsiz, ular esa sizni.
Tasavvur qiling, sevish va sevilish qo’rquvisiz yashayapsiz!
Rad bo’lishdan qo’rqmaysiz. Haqoratlardan qo’rqmasdan, ochiq yurak bilan bu dunyoda yurishingiz mumkin.
Tasavvur qiling, tavakkal qilishni va hayotni o’rganishdan qo’rqmayapsiz!
Nimadir yo’qotishdan qo’rqmaysiz, bu dunyoda yashashdan, hayotni yanada ko’proq qirralarini o’rganishdan qo’rqmaysiz.
Tasavvur qiling, o’zingizni borligicha sevasiz!
O’zingizni o’zligicha sevasiz. Bilasiz siz shu turishda mukkamalsiz.
Nima uchun biz sizlardan bunday tasavvur qilishni so’radik? Chunki buning barchasini qilish mumkin!
Odamlar, shunday qilishga nima kerak ekan???
Yaxshi savol