Toshkentda O`zbekiston xokkey Federatsiyasi taqdim etiladi

Toshkentda O`zbekiston xokkey Federatsiyasi taqdim etiladi

24-dekabr` kuni Toshkentda “Ays Avenyu” muz saroyida O`zbekiston xokkey Federatsiyasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

Ushbu kunda vatan estrada yulduzlarining kontsert dasturi kutilmoqda, hamda ramziy o`zbek xokkeyistlar o`rtasidagi o`rtoqliq o`yin ham bo`lib o`tadi. Marosimda madaniyat, san`at va sport mashxur vaqillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Keyingi yilning yanvar oyida Toshkent shaxrining xokkey bo`yicha ochiq chempionat o`yinlari bo`lib o`tadi, ushbu chempionatda ro`yxatdan o`tgan to`rtta jamoalar ishtirok etadilar. O`zbekiston terma jamoasining bosh murabiyi Alisher Azimov so`zlariga qaraganda, ushbu chempionat orqali halqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun o`yinchilar tanlanib olinadi.

Eslatib o`tamizki, federatsiya bu yilning oktyabr` oyida yaratilgan edi. O`zbekiston xokkey jamoasi ushbu qisqa muddatda Shimkentda (Qozog`ston) bo`lib o`tgan halqaro musobaqada muvaffaqiyatga erishishdi, bu musobaqadan so`ng jamoamiz bronza sovrinlar bilan qaytib kelishdi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Фирдавс

    хаааааааааааааааааааа

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social