Tentak lekin aqlli

Tentak lekin aqlli

Yangi o`qituvchi sinfga kirib qarasa, bir bolani Moysha – tentak deb hazil-mazax qilishayotgan ekan. Tanaffus paytida u bolalardan nima uchun uni shunday mazax qilishayotganini so`rabdi.

– U haqiqatdan ham shunaka. Agarda unga katta o`lchamli besh tanga va o`lcham bo`yicha kichkinaroq lekin o`n tanga olishni taklif bersangiz, u besh tangani oladi, chunki uning o`ylashicha u kattaroq. Mana qarang sizga ham ko`rsatamiz…

Bola besh va o`n tangani olib Moyshaga tanlashga uzatdi. U har doimgidek besh tangani oldi. O`qituvchi xayratlanib so`radi:

-Nima uchun o`n emas, balki besh tangani tanlading?

-Qarang u kattaroq-ku, janob o`qituvchi!

Darsdan keyin o`qituvchi Moysha oldiga kelibdi.

-Nahotki sen tushunmasang, besh tanga faqat o`lcham bo`yicha katta, ammo o`n tanga evaziga ko`p narsa sotib olish mumkin.

-Albatta tushunaman, janob.

-Unda nima uchun sen beshni tanlading?

-Chunki, men o`n tangani tanlasam, ular menga pul bermay qo`yadilar!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social