Bunday narsalarni yangi turmush qurganlar kurslarida o’rgatishmaydi.
1. To’ydan keyingi birinchi yil juda qo’rqinchli
Asal oy, sevgi, oilaviy quvonch. Negadir insonlar oilaviy hayotning boshlanishini shunday tasvirlashadi. Faqat ko’p yillar o’tgach, odatiy hayot, janjal va kelishmovchiliklar boshlanadi deyishadi, boshida esa hamma narsa go’zal bo’ladi.
Hech kim sizni birinchi yilda, qora fikrlar ustunlik qilishi haqida ogohlantirmaydi: Agar xato qilgan bo’lsamchi? Bu ishlar xato bo’lib, ularni bekorga boshlagan bo’lsakchi?
Maxfiy suhbatda, ba’zi yaqinda turmushga chiqqan, baxtli turmush o’rtoqlar, bizga rost gaplarini aytishdi: “Ha, men qo’rqdim va oilaviy hayot menga mos kelmasligidan qo’rqardim”. Ammo bunday tajribalar omma e’tiboriga tashlanmaydi, chunki yangi qurilgan oilada faqat quvonch va baxt bo’lishi lozim.
Abadiy so’z kuchli. Avvaliga u qo’rqitadi.
Axir, biz o’zimiz turmush qurishga qaror qildik, birga yashashni juda xohladik. Nima uchun bu abadiy degan so’zda dahshatli qo’rquv bor? Katta qadam qo’ydik, endi orqaga qaytolmaymizmi?
Faqat shundan keyin qo’rqish, ba’zan bo’lib turadigan narsa ekanligini, va bu abadiy turmush hayot, hayotingizda, sodir bo’lgan eng yaxshi narsa ekanligi tushunchasi paydo bo’ladi.
2. Barcha insonlar xato qiladi
Biz asta-sekin o’sib boramiz, maktab ishlarini unutib, xatolar normal ekanligi bilan yashashni o’rganamiz. Biz ularni foydali tajriba sifatida qabul qilamiz, saboq olamiz. Xato yaxshi bo’lishi ham mumkin, buni katta bo’lganimiz sari tushunib yetamiz.
Keyin esa turmush do’stingiz xato qiladi Tabriklash yoki boshqa narsani esidan chiqarganligi haqida emas.
Sherigingiz kuchli xatoga yo’liqqan bir paytda, hech qanday donolik yordam bermaydi. Xatolar bo’lib turishi, ularsiz hayot o’tmasligi haqida unutasiz.
Boshqa odamlarning xatolarini tan olish, o’zingizning xatolaringizni tan olishingizdan ancha qiyin.
Kechirilmaydigan gunoh deb hisoblanadigan narsa haqida, har bir kishi o’z fikriga ega, ammo ertami-kechmi har bir kishi: yaqin odamga xato qilish huquqini berish, yoki bu o’ta qiyin, degan tanlovga duch keladi.
O’zingizning noto’g’ri xulq-atvoringizdan o’rganish juda qiyin, sherigingizning xatolarini chidash undan ham qiyin, ammo agar muvaffaqiyatga erishsangiz, sizga hayot va koinot sirlari ochiladi. Men haqiqatni aytyapman.
3. Odamlar o’zgarishadi
Voyaga etgan odamni qayta tarbiyalash mumkin emas, ammo odamlar o’zlarini qanday qilib qayta tarbiyalashni bilishadi. To’satdan, siz bir marta uzukni almashtirgan odam, endi mutlaqo boshqa inson bo’lib qolishi mumkin.
Odamlar tanani, odatlarni, ishlarni, munosabatlarni va e’tiqodlarni o’zgartiradilar. Jarayon juda hayajonli va agar siz birgalikda o’zgarishga imkon topsangiz, hayotingiz hech qachon zerikarli bo’lmaydi.
4. Bola birinchi o’rinni egallaydi
- Sizning sevimli odamingiz endi birinchi raqam emas.
- Siz sevganingiz uchun birinchi raqam emassiz.
Yo’q, sizning his-tuyg’ularingiz o’zgarmaydi, ular hatto kuchayib, jiddiylashadi. Ammo, endi har biringiz uchun farzand birinchi o’ringa chiqadi va bu yanada muhimroq bo’ladi.
5. Hech kim qurbonlikni qadrlamaydi
Hech qachon va biron bir bahona orqali oilaga qurbonlik qilmaslik kerak. Hech kim ularga muhtoj emas, hech kim ularni qadrlamaydi.
Oila uchun qilgan barcha narsalar siz xohlaganingiz uchun qilinadi, chunki sizga shu narsa yoqadi. Qurbonlik esa – yoqtirgan narsadan voz kechish, g’alati va ehtimol yuqori maqsad sababli bo’lsa ham. Eng ajablanarlisi shundaki, ayyorlik bilan kundalik ishlar qurbonlikka aylanadi, lekin biz buni sezmaymiz.
Agar oilada kimdir jabrlanuvchi bo’lsa, endi bu oila emas, balki qiynoq kamerasi. Hayotni sevgi qurbongohiga qo’yishga bo’lgan barcha urinishlarni darhol to’xtating.
6. Hamma bir xil darajada baxtli bo’lishi haqiqat emas
Turli yillarda hatto bitta oila turli yo’llar bilan baxtli bo’ladi. Ikki oilani taqqoslash befoyda.
Va shuning uchun o’z baxtingizni izlash juda muhimdir, hatto u boshqa odamlarning fikrlariga to’g’ri kelmasa ham.
Ayniqsa sharhlovchilar uchun: odamlar har xil, bu men aytib o’tgan barcha fikrlarga tegishli.
7.10 yil – bu juda kam
Men “10 yil turmush qurdim” chizig’ini kesib o’tganimda, bu juda ko’p ekanligi ayon bo’ldi. Bu allaqachon katta tajriba hisoblanadi va qarindoshlari bayram bilan tabriklab, “avvalgidek bir-birlarini sevishni” tilashadi.
Men, to’ydan 10 yil o’tgach inqiroz paydo bo’lishini, bundan keyin munosabatlar o’zgarishini, sevgi endi bir xil bo’masligini, o’ylab topgan inson kimligini bilmayman.
10 yildan so’ng hamma narsa endi boshlanadi, chunki eng kuchli sevgi doimo faqat shu erda va hozir. Menimcha, 15, 20 yildan keyin va yana qancha yillardan keyin vaziyat bir xil bo’ladi.
Assalomu aleykum do’stlar va dugonalar. Bu maqolani o’qib, hayot qanday go’zal bo’lishini tushunib yetdim. Hozirda 2-yil turmushda yashayabman, bitta bolamiz bor, va haqiqatdan ham u barcha vaqtimizni oladi. Lekin bola hayotimizdagi eng zo’r sodir bo’lgan narsa. Turmushdan qo’rqmanglar, agar haqiqiy sevgingizni topgan bo’lsangiz. Xudo sizlarni asrasin
O’zi to’y keremi? Mazza qilib yashasa bo’midi? Oila faqat orqaga tortadi.
Sevgan insonni u4ratsez, fikriz uzgaradi