Turli mamlakatlarda qanday choychaqa berish kerak?

Turli mamlakatlarda qanday choychaqa berish kerak?

Choychaqalar turli hil bo’lishi mumkin, chunki bu narsa mamlakatga bog’liq. Biror joyda choychaqa yomon ko’rinishi va hatto haqorat deb hisoblanishi ham mumkin, qayerdadir esa aksincha. Qachon berish va qachon bermaslik kerakligini tushunishga yordam beradigan ba’zi maslahatlarni ko’rib chiqing.

1. Mahalliy valyutani oldindan oling

Aqlli sayohatchi har qanday xarajatlarni oldindan tayyorlaydi. Mahalliy valyutaning mavjudligi juda muhim, chunki ba’zi mamlakatlarda pul almashtirish qiyin bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan kredit karta bilan to’lashda hisob-kitoblarda choychaqa kiritish mumkin emas.

2. Qachon choyhaqa bermaslik kerak

Ba’zi mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya Polineziyasi) xizmat ko’rsatuvchi xodimlar yuqori sifatli xizmat o’z madaniyatining bir bo’lagi bo’lganligi sababli, choychaqadan xafa bo’lishi mumkin. Agar siz Yaponiyalik taksi haydovchisiga yoki gidga choychaqa bermoqchi bo’lsangiz, pulni konvertga soling, ikkita qo’lni birlashtirib, bosh egib bering. Misol uchun, Frantsiya Polinezyasida, choychaqa haqorat deb hisoblanadi va choychaqa orqali odamlar o’zini sizdan pastroq his qilishadi.

02

3. Taqdim etilgan xizmat uchun choychaqa

Misol uchun, Hindistonda, chindan ham, sizga chin dildan choychaqa talab qiladigan xizmatga ega bo’lganizga ishonch hosil qiling. Bu juda kambag’al mamlakat bo’lgani uchun, ulardan ayrim narsalarni sotib olish yoki kichik ishga yollash yaxshiroqdir.

4. Hisobni tekshiring, so’ngra choychaqa bering yoki bermang

Buyuk Britaniyada, shuningdek, Chili, Braziliya, Portugaliyadagi ko’pgina korxonalar allaqachon xizmat uchun to’lovni o’z ichiga qo’shishadi. Ammo Dubayda istisnodir, chunki xizmat uchun to’langan to’lov odatda sizga xizmat ko’rsatgan shaxsga emas, balki egasiga tegishlidir. Agar xohlasangiz, ofitsiantga shaxsan rahmat aytishingiz mumkin. Shuningdek, hisob-kitobda nima yozilganiga e’tibor bering: “xizmatlar” yoki “soliq”. Braziliya haqida eslatma: bu yerda choychaqa kerak emas, biroq braziliyaliklar kichik maosh tufayli choychaqa yo’q deyishmaydi. Katta sayyohlik joylarida xodimlar oz miqdordagi mablag’ olishadi.

5. Siz ko’proq qo’shishni xohlasangiz

Islandiyada (va ko’plab Yevropa mamlakatlarida) choychaqalar talab qilinmaydi va kutilmaydi. Restoranlar, odatda, har bir xizmat uchun xizmat haqini (10%) o’z ichiga oladi, ammo mukammal xizmat ko’rsatish sharoitida 10-15% gacha choychaqa qoldirishga qo’rqmang. Taksi haydovchilari, sartaroshlar va gidlar allaqachon choychaqani hisobga oladi. London haqida bir nechta maslahatlar: choychaqa har doim ham zarur bo’lmasa-da, amaliyot boshqacha ko’rinishda. Restoranda yoki kafeda odatda 10-15% ni qoldirish odatlidir, ammo bunday joylarda ko’pincha (12,5% atrofida) xizmatlar uchun to’lovlar qo’shiladi, ayniqsa ko’pchilik bo’lib ovqatlansangiz. Choychaqa qoldirishdan oldin xisobni tekshiring: xizmat haqi miqdori kiritilgan bo’lsa, hech narsa qoldirmang (agar, albatta, buni o’zingiz istamasangiz).

03

6. Choychaqalar kutilada

Janubiy Afrikada – bu choychaqalar kutilgan davlatdir. Choychaqa ofitsiantga, xizmatkorga, taksi haydovchisiga va gidlarga berilishi kerak. Keling, Isroilga boraylik. Bu yerda odamlar odatda 10-12% ofitsiantlarga va barmenlarga minnatdorchilik bildirishadi va chinakam yaxshi xizmat uchun 15% berilishi mumkin.

7. Choychaqa bermang

Daniya, Belgiya, Shveytsariya va Yevropaning boshqa rivojlangan davlatlar sizni qutqarishlari mumkin. Bu yerda xodimlarga yaxshi pul to’lanadi, shuning uchun choychaqa olishning foydasi yo’q, chunki bu xisobga kiritilgan. Daniyada ushbu qoida taksi haydovchilari, barmenlar va mehmonxona xizmatchilar uchun qo’llaniladi. Masalan, Shveytsariyada, hatto qonun bo’yicha, xizmat haqi asosiy narxga kiritilganligi, shuning uchun siz qo’shimcha ravishda rahmat qilishingizga hojat yo’q.

8. Yevropadagi istisnolari

Yevropaning ko’plab davlatlarida choychaqa qoldirilmaydi, Chexiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda choychaqalar rad etilmaydi. Misol uchun, Gretsiyada ovqatlanish yoki taksi chaqirish paytida, 5-10% gacha (xizmat darajasiga bog’liq) choychaqa qoldiring va sizga minnatdor bo’lishadi. Shuningdek, mehmonxona xizmatchisi va gidga kichik miqdorda minnatdorchilik bildirish, siz tomondan qilingan muloyimlik hisoblanadi.

04

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social