Turmush qurgan ayollar: stressning asosiy manbai – bu bolalar emas, balki er hisoblanadi!

Turmush qurgan ayollar: stressning asosiy manbai – bu bolalar emas, balki er hisoblanadi!

Turmushga chiqqan ayollar, turmushga chiqmaganlarga qaraganda, katta stressga duch keladi. Ular og’ir yukni his qilishadi, oilaga e’tibor va g’amxo’rlik qilishadi. Ular bosh og’rig’idan, charchoqdan va salbiy tuyg’ulardan azob chekishining ehtimoli ko’proq. Bu muammolarning asosiy sababi, bolalar emas, balki erlar ekan. So’ralganlarning 46 foizi bolalar turmush o’rtoqlariga qaraganda kamroq asabiylashtirishini tan olishdi.

Erkaklar qanday qilib, ayolning psixologik ahvolining yomonlashuviga sabab bo’ladi? Munosabatlarda stressdan qochish uchun nima qilish mumkin?

Er yana bitta bola kabi o’zini tutadi

Ko’p erkaklar 43 yoshgacha o’zlarini kichik bolalar kabi tutadi. “Yetti yoshli bola – bu yetti yoshli boladir. Biroq 7 yoshli bolakay kabi o’zini tutadigan 35 yoshli erkak bu muommo, chunki u boladan ko’ra ko’proq mas’uliyatli bo’lishi kerak”, – deydi so’ralgan ayollardan biri.

Ko’pincha, otalar bolalari bilan quvnoq bo’lishadi. Shu sababli ota bilan bo’lgan vaqt huddi dam olish va o’yin-kulgi sifatida qabul qilinadi. Onalar bolaning tarbiyasi, salomatligi va rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi. Ular bolaning kundalik hayotida ko’proq ishtirok etadilar. Ular ko’pincha ko’rsatmalar berishadi va ba’zi narsalarni taqiqlashadi. Natijada, bolalar ularni zerikarli va qat’iy odam deb qabul qilishadi. Bu ham ota-ona, ham bola-ona o’rtasidagi ziddiyatlarga va janjallarga sabab bo’ladi.

Yechim

Birlikda bo’ling. Agar biron ota-ona bolaga biror narsani taqiqlasa, ikkinchisi bu qarorni qo’llab-quvvatlashi kerak. Birgalikda harakat qilish va iloji boricha narsalarni oldindan kelishib olish kerak.

Bolaga kundalik g’amho’rlik qilishni teng baham ko’rish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalar o’zlarini sport bo’limiga, shifokor ko’rigiga yoza olmaydi yoki o’zlari vitaminlar tanlay olmaydilar.

Biroq, har ikkala ota-ona ham buni qila oladi: er o’z ayoli ma’sulyatining bir qismidan ozod qilishi va o’g’il-qizlarining kundalik hayotida ko’proq ishtirok etishi kerak. Onalar vaqti-vaqti bilan nazoratni bo’shashtirishi yaxshiroqdir. Ba’zida ko’pgina taqiqlardan ko’ra, bola bilan shunchaki o’ynash foydalidir.

Ayollar katta miqdordagi uy ishlaridan qiynalishadi

Har beshinchi ona, uy ishlarida turmush o’rtog’idan yordam yo’qligi bilan doimiy stressni manbai deb hisoblaydi. Xotinlar oilaning uy-ro’zg’or ehtiyojlariga ko’proq vaqt sarflaydilar, erlar esa dam olishga ko’proq vaqt ajratadilar. Qoida tariqasida, ayollar nafaqat pazandachilik va tozalik bilan band, balki uy to’lovlarni to’lash, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish va oilaviy byudjetni rejalashtirishadi.

Albatta, bu kundalik tashvishlardan voz kechib bo’lmaydi, lekin bu narsalar juda ko’p vaqt sarf qilsalar, ular bundan stressga tusha boshlashadi. Uy ishlar odatiy ishdan ko’ra ko’proq stressni keltirib chiqarishi isbotlangan. Inson ofisda o’zini kerakli deb his qiladi va keyinchilar haqiqiy mukofotga ega bo’ladi.

Yechim

Oddiy va eng aniq maslahat, erlar o’z xotinlariga uyda yordam berishlari kerak. Uyda mas’uliyatni teng taqsimlash muvaffaqiyatli nikohning asosiy omillaridan biridir.

Har ikkala turmush o’rtoq bir-birining sa’y-harakatlarini hurmat qilishlari kerak. Uy ishi daromad keltirmasa ham, u juda muhimdir. Ammo, agar er shu ishni yarmini qilishga vaqt ajratsa, hamma narsa tezroq bajarilishi mumkin va qolgan vaqtni er-xotin birgalikda sarflashi mumkin.

Ayol o’zini aybdor his qiladi va bo’sh vaqti yo’qligidan azob chekadi

So’rovnomada ishtiroq etgan ayollarning aksariyati vaqtning yetishmasligidan shikoyat qilishadi. Ayniqsa, ishlayotgan ayollar, chunki ular kechqurun dam olish o’rninga, uy ishlarini bajarishadi. Shuning uchun ular charchab qolishadi va xato qilishadi.

Oila va uy mas’uliyati ayolga tegishli ekan, agar biror narsa noto’g’ri bo’lib ketsa, ayol o’zini aybdor deb his qiladi. Aybdorlik, o’z navbatida, stressni keltirib chiqaradi va kundalik ishlarni bartaraf etishga to’sqinlik qiladi.

So’ralganlardan biri shunday deb izoh berdi: “Men farzandlarimga erimning ishtirokisiz o’zim qarashim kerakligini his qilyapman. Menimcha, agar biror narsa noto’g’ri bo’lsa, bu mening aybimdir.”

Yechim

Ayollar vaqt cheklovlarini sezmasliklari va o’zlarini aybdor deb bilmasliklari uchun erlar nafaqat uy ishlari va bolalarni parvarishida yordam berishi, balki butun oila mas’uliyatini birgalikda qilishi zarur. Agarda er-xotin muommolarni ochiqdan-ochiq muhokama qilishsa, birgalikda biror qaror qabul qilishsa, bu narsa ko’plab murakkab muommolarni hal qilishda va stressni oldini olishda katta yordam beradi.

Ayollar o’z vaqtlarini boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirishlari kerak, chunki hatto eri yordam bersa ham, yana juda ko’p muhim narsalarga vaqt ajratish kerak.

Ikkala er-xotin uchun muhim eslatma, oiladagi surunkali stress ko’pincha ajralishga va sog’liqning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, siz bir-biringizga g’amxo’rlik qilishingiz va o’zingizni va turmush o’rtog’ingizni salbiy his-tuyg’ulardan himoya qilishingiz kerak.

Siz oilada uy ishlarini bo’lishib olasizmi? Uy ishlarini bajarishda stress olib keladimi? O’z fikrlaringiz bilan bo’lishing!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Omina

    Assalomu alaykum togri fikrlar yozilipti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social