Uy bekasidan millioner ayolgacha: yirik g‘oyalari ortidan mo‘may daromad topgan ayollar hikoyasi

Uy bekasidan millioner ayolgacha: yirik g‘oyalari ortidan mo‘may daromad topgan ayollar hikoyasi

Inson o‘zi sevgan ishi bilan sidqidildan shug‘ullanganda mehnati yaxshi samara beradi va moliyaviy manfaat ko‘radi. Ayrim uy bekalarining xobbisi hatto mo‘may daromad ham keltirishi mumkin. Quyida uy bekasidan ishbilarmonga aylangan ajoyib ayollar hikoyalari bilan bo‘lishamiz.

Bett Gremm

90-yillar boshida ruchkani o‘chiruvchi maxsus narsa ixtiro qilinmagan edi. Yozuvdagi xatoni to‘g‘rilashning yagona usuli — uni qayta pechatlash mashinasida yozish edi. Ajrimdan so‘ng Hyustondan notanish shahar — Dallasga ko‘chib kelgan Bett kotiba-yozuvchi sifatida ish boshladi. Uning vazifasi yozuv mashinasida turli hujjatlarni yozish bo‘lgan. Ish kunlarining birida Gremm lawful (qonuniy) so‘zining o‘rniga awful (yomon) deb adashib yozib qo‘ydi. Xatoni to‘g‘rilashga esa uzoq vaqt ketardi. Ertasi kuni u ofisga emulsiyali oq bo‘yoq va cho‘tka bilan kirib keldi.

Korrektorlik ishi bo‘yicha ilk tajriba besamar bo‘lgach, Bett bo‘yoqqa tuz, suv, soda kabi kimyoviy mahsulotlar qo‘shib, tajriba qila boshladi va natijaga erishdi. Shu tariqa “liquid paper” — ruchkani o‘chiruvchi korrektor-bo‘yoq ixtiro qilindi. Korrektor-bo‘yoq keyinchalik takomillashtirilib, ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. Farzandini yolg‘iz katta qilayotgan ona shu tariqa moliyaviy tashvishsiz keksalik va o‘g‘li uchun porloq kelajakka poydevor qurdi.

Joy Mangano

Ushbu ayolning taqdiri “Joy” nomli film efirga uzatilgandan so‘ng keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Mangano kichkina kvartirada uch farzandi bilan yolg‘iz yashar edi. Bir kuni Joy tasodifan shisha idishni sindirib qo‘yadi va yerdagi shisha parchalarini tozalash vaqtida qo‘lini shikastlaydi. Shunda ayolning xayoliga ajoyib fikr keladi va Mangano suvini siqish uchun qo‘llar bilan pol lattaga teginishga hojat bo‘lmagan Miracle mop nomli polyuvgich o‘ylab topadi.

Oradan bir necha oy o‘tib esa Joy ro‘zg‘or buyumlari o‘rin olgan do‘kon ochdi. Teleekran orqali o‘z mahsulotining afzalliklari haqida aytib berganidan keyin 18 ming dona polyuvgich sotishga muvaffaq bo‘ldi. 2 yil o‘tib esa yillik daromadi 1 million dollarni tashkil qiladigan kompaniya egasiga aylangan.

Sheri Shmelser

Sheri ismli ayol million dollarlik g‘oyani kutilmaganda o‘ylab topgan. Uning farzandlari teshikli shippaklarni yaxshi ko‘rardi. Ayol bolalarining poyabzallarini qiziqarli bo‘lishini istab, teshiklarni turli predmetlar: gul, tugma va loydan yasalgan shakllar bilan bezagan. Bolalari maktabga kiyib borganidan keyin poyabzallar boshqa o‘quvchilarga ham yoqib qolgan va ularning ota-onalari shippaklarini xuddi shunday bezab berishni iltimos qilgan.

Sheri ijod namunalarini jibbits deb nomladi va keyinchalik yerto‘lada o‘zining kichik ishlab chiqarish sexini ochadi. Avvaliga donasi 3 dollarga sotilgan jibbitslar bir necha yil o‘tib butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Shmelser esa o‘z mahsulotini Crocs kompaniyasiga 20 million dollar evaziga sotib yubordi.

Juli Din

Buyuk Britaniyaning The Cambridge Satchel Company brendi tashkil etilganiga 10 yildan oshmagan. Mazkur kompaniya portfel ko‘rinishidagi sumkalar ishlab chiqaradi. Cambridge satchel nomli sumka g‘oyasi uy bekasi Juli Dinda paydo bo‘lgan. Moliyaviy qiyinchilikni boshidan o‘tkazayotgan va farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ona yangi sumka chizmasini ishlab chiqadi va o‘zi tanlagan atelyeda sumkani charm matodan tiktiradi. Avvaliga portfelni  internet do‘konlarda maktab o‘quvchilar uchun sota boshlaydi.

Keyinroq Juli savdoni maktab auditoriyasi bilan cheklamaslikka qaror qildi va moda blogerlariga murojaat qiladi. U o‘zining yangi brendi haqida tavsifnoma va jozibali fotosuratlarni o‘z ichiga olgan xatni yozish uchun ko‘p vaqt sarfladi. Xatda u agar sumkalar maqul kelsa, rasm o‘rniga haqiqiy portfellarni yuborishini va’da qiladi. Va uning orzusi amalga oshadi: New York Fashion Week—2011 arafasida Elle UK muharrirlari Juliga javob beradi va sumkalarning bir nechta namunalarini taqdim etishni so‘rab murojaat qiladi. Moda haftaligida ko‘rgazmaga qo‘yilgan sumkalar ko‘plab moda ixlosmandlariga maqul bo‘ladi va Juli mashhur brend bilan shartnoma tuzadi. Hozirda Cambridge satchel sumkasi 10 ga yaqin davlatlarda sotuvga qo‘yilgan.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Замаскани аёл яратганини билмаганаканман

  2. Тимур

    Узи тарихга караса жуда куп нарсалани аеллар эхтиро килишган.

  3. Тимур

    Шунга хам аеллар хукукини химоя килишимиз кере. Аеллар дунё учун жуда куп ва мухим нарсалар килишади

  4. Turi etas Timur aka, hamma ku4 bizda laugh

  5. Har bir ayolni qo’llab quvvatlash kerak, ular barchasi kelajakda ona bo’lishadi, onaga bo’lgan hurmatingizni, ularga ham ko’rsating.

  6. Women’s power heart

  7. Uy bekasi bo’lib o’tirurishsa bo’lardi

  8. dash dash dash O’zin uyda o’tir

  9. Yaxshi motivatsiya good

  10. Dildoraxon

    Rahmat, menga juda yoqdi smile

  11. Umidaxon

    Juda ruxlantiradigan hikoyalar, rahmat

  12. Ayollar katta kuchga ega!

  13. Kamroq shunday narsalar yozing, hech kimga kerak bo’lmagan maqola

  14. Dilorom

    Nega ekan?

  15. Barakalla.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social