Vaqt ketmoqda

Vaqt ketmoqda

“Uxlayapsan – vaqt ketmoqda. Ovqatlanyapsan – vaqt ketmoqda. Transportda ketayapsan – vaqt ketmoqda. Qanday qilib pul topish haqida o’ylayapsan – vaqt ketmoqda. Telefonda gaplashyapsan – vaqt ketmoda. Ijtimoiy tarmoqlarda o’tiribsan – vaqt ketmoqda!

Yil oydek, oy haftadek, hafta soatdek, soat daqiqadek, daqiqa esa soniyadek. Bu degani sening vaqting ketmoqda va hech qachon qaytib kelmaydi.

Hayotimizning asosiy valyutasi – bu vaqtdir. Tavakkallik haqida o’ylaguncha kimdir tavakkal qiladi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qaror qabul qilish haqida o’ylaguncha, kimdir o’z qarorini qabul qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Sen bemani narsani yaratgancha, kimdir bir umr uchun yaratadi. Foydasiz ishlar bilan shug’ullansang, kimdir foydali ish qiladi.

Senda har kuni muammo bo’lishi mumkin – kuchli bo’l!

Har kuni katta muvaffaqiyatlar haqida hayollar kelishi mumkin, lekin buni hayol qilib qoldirma.

Har kuni turli xil insonlar bilan muloqat qilishing mumkin. Barcha bilan muloqat qil, shunda insonlarni ko’ra olasan.

Vaqtni hech qachon ortga qaytarib bo’lmaydi. Biz qancha vaqt qolganini ham bilmaymiz. Imkoniyatlardan foydalan, o’zingga yoqadigan ish bilan shug’ullan, yaqinlaringni asrab avayla. Doimo rivojlanishda bo’l va o’z ustingda ishla!”

Muallif: noma’lum inson

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mardonbek

    katta raxmat

  2. Fazo.tv

    Salom Mardonbek! Biz bilan qoling smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social