Yangi yilda erkaklarda qanday sovg’a olish mumkin?

Yangi yilda erkaklarda qanday sovg’a olish mumkin?

Quyida sanab o’tilgan ajoyib sovg’alar erkakni hayratlantiradi va ularga juda yoqadi.

Yangi yil sviteri

Siyqalik deysizmi? Yo’q, yo’q! Bu shunchaki klassika. Issiq trikotaj sviteri, u sovuq qishki kechalarda isitadi, hamda barcha orzular ro’yobga chiqqadigan, yangi yil kayfiyatini va bayram tuyg’usini beradi.

Stol sport o’yinlari

Stol o’yinlarini ko’pchilik yoqtiradi va juda yaxshi tanlov hisoblanadi. Ko’plab ijobiy his-tuyg’ularni uyg’otadigan qishki yig’ilish va do’stlar orasidagi ajoyib o’yindir.

Termos

Sovuq qish kunlarida issiq choy yoki qahvadan yaxshiroq nima bo’lishi mumkin? Yaxshi termos ichidagi issiq ichimlik doimo qo’lida bo’ladi. 900 ml miqdor bir necha stakan uchun yetarlidir, bir kishi uchun 350 ml yetarli hisoblanadi.

Fitness bilaguzuk

Texnologiya hech to’xtab qolmaydi. Fitnes bilakuzuklarning mashxurligi o’sib bormoqda. Bozorda juda turli tuman fitness bilakuzuklari taklif qilinadi. Lekin eng sodda bilaguzuk ham egasiga o’z sog’lig’ini kuzatishga ya’ni ko’proq harakat qilish, uyquni yaxshilash va uyg’onish kabi narsalarga e’tibor berishda yordam beradi.

Ryukzak

Ayoyib va qulay ryukzak, ayniqsa, faol va doimiy harakatlanuvchi shaxs uchun yoqimli sovg’a bo’lishi mumkin. Moutbuk va turli narsalarga mos keladigan amaliy modellarni tanlang.

Multi asbob-uskunalar

Hech kim har xil asboblar olib yurishni istamaydi. Buning eng samarali yechimi – Multitool (ko’pgina asbob-uskunlar to’plami). Universal ixcham vosita doimo bir joyda bo’ladi va ba’zi kichik ta’mirlash uchun kerak bo’lganda yordam beradi.

Elektr otvyortka

Erkak kishi odatda tez-tez mobil qurilmalar va boshqa elektron qurilmalarini ochadi. Shunday emasmi? Demak u albatta zamonaviy otvyortka sovg’asiga juda xursand bo’ladi. Bu batareyada ishlaydi va har qanday narsalarni qismlar tushadigan moslamalari mavjud bo’ladi.

Sport sumkasi

Bu sport bilan muntazam shug’ullanadigan kishi uchun ajoyib sovg’a hisoblanadi. Smartfon, kalitlar va boshqa narsalar uchun bir nechta cho’ntaklar bilan jihozlangan ushbu sumkada barcha kerakli narsalarni olib yurish mumkin.

Tashqi akkumulyator (powerbank)

Smartfon, planshetlar va boshqa elektronika uchun universal akkumulyator – har bir inson uchun foydalidir. Erkak kishi uchun ko’proq hajmli qurilmani olish mumkin, chunki erkaklar ryukzagida yoki sumkasida katta modellar uchun joy bo’ladi.

Dron (yoki uzoqdan boshqariladigan vertolyot)

Aslida erkaklar – katta bolalar hisoblanishadi. Shuning uchun bu o’yinchoq ajoyib sovg’a hisoblanadi. Ularning bolalik orzularini ro’yobga chiqaring va radio orqali boshqaraladigan vertolyot taqdim eting! Shubhalanmang, hatto eng jiddiy erkaklar ham bunday sovg’a bilan o’ynashadi.

Qo’l soati

Bu ham klassik. Yaxshi soatlar – ajoyib sovg’a g’oyasidir. Hozirda kamchilik insonlar soat taqishadi, ammo moda asta-sekin qaytadi. Agar erkakning soati bo’lsa, unda boshqasidan olib bering. Mexanika o’rniga elektron yoki boshqa ko’rinishda.

Sharf yoki qo’lqop

Yangi yil sovg’asi, ayniqsa siz o’zingiz to’qishni bilsangiz va o’zingiz yaratgan sharfni sovg’a qilsangiz bu juda ajoyibdir. Sotib olsangiz ham bo’ladi. Masalan, sensorli ekranlar bilan ishlaydigan issiq qo’lqoplar, ular gadjet bilan foydalanishga imkoniyat beradi.

Eshitish vositasi (naushniklar)

Eshitish vositasi nafaqat eng sevimli musiqangizni istagan joyidan bahramand bo’lishga imkon beradi, balki sizga kerak bo’lganda tashqi dunyodan ajralib turishga ham imkon beradi. Hatto u insonda noushnik bo’lsa-da, yana bittasi hech xalaqit qilmaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social