Yashash uchun o`zgarib turish kerak!

Yashash uchun o`zgarib turish kerak!

40 yoshdagi burgutlarning changallari uzun va egiluvchan bo`ladi va ular bilan o`ljani ushlay olmaydi. Burgutning tumshug`i ham uzun va bukilgan bo`lib, u ovqatlanishga halaqit beradi. Qanot va patlari juda qalinlashib ketadi va uchishga halaqit beradi, chunki bu qalin patlar og`irliq qiladi. Bunday vaziyatda burgutning oldida ikki tanlov turadi: o`lim yoki uzoq 150 kunlik o`zgarish jarayonidan o`tishdir.

Burgut tog`da joylashgan o`z uyasiga uchadi va u erda tumshug`ini toshga uradi, tumshug`i sinib tushishi kerak… Keyin yangi tumshuq chiqishini kutadi, yangi tumshug`i bilan changallarini olib tashlaydi… Yangi changallar chiqqanda, burgut ular bilan qalin bo`lib ketgan patlarini olib tashlaydi… Shunday qilib, 5 oy og`riq va azobdan so`ng, yangi tumshuq, changal va patlari bilan qaytadan yangilanadi va yana 30 yil yashashi mumkin.

Ko`pincha, biz ham yashashda davom etishimiz uchun o`zgarishimiz kerak bo`ladi. Ba`zida ushbu jarayonda og`riq, qo`rquv va shubhalar bo`ladi. Biz ham ba`zida o`tmishdagi odatlar va an`analardan voz kechishga to`g`ri keladi. O`tmish yuklaridan qutila olsakgina, undan so`ng o`zgarishga va yangi hayotda yashashga imkoniyat yaratiladi.

Esda tuting, o`zgarish bu kunlik harakat qilishdir, chunki hech kim bir kunda o`zgarib qolmaydi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Salim

    Yaxshi hikoya. To’g’ri gap aytibsizlar, agar hayotingda yangi narsalarni hohlasang, yangi narsalar qilishing kerak ekan. Yangi narsani qilish uchun esa odat bo’lib qolgan narsalarni emas, yangi urunish va o’rganishni talab qiladigan yangi narsani ko’rish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social