Yaxshi suhbatdosh bo`lishning oson yo`li.

Yaxshi suhbatdosh bo`lishning oson yo`li.

Yaxshi suhbatdosh bo`lish unchalik qiyin emas. Bilasizmi, ashaddiy janjalkash ham sabr-toqatli inson oldida yumshaydi. Xuddi shu masala bir hikoyani aytib beray. Shahar telefon kompaniyasi bir o`ta shallaqi mijoz bilan muomalada qanday yo`l tutishni bilmay qoldi. Jahldor mijoz telefonistkalarni haqorat qilar, to`lov talabnomalarini yirtib tashlab, xizmat haqini to`lamas, ham gazetaga yozar, ham sudga berar, ishqilib, kompaniya rahbariyatini jonidan to`ydirgan edi.

Nihoyat kompaniya o`sha mijozning uyiga o`zining eng tajribali «diplomatini» yubordi. «Diplomat» vaysaqi cholning «lovvullab yonishi»ga imkon berib, gaplarini ma`qullab o`tiraverdi. «U quturar edi, – deb hikoya qiladi diplomat, – men esa uni uch soat gapini bo`lmay eshitdim. Shunday qilib mijozning uyida to`rt marta bo`ldim.

Oxirgi safar borganimda u tashkil qilmoqchi bo`lgan «Telefon abonetlarini himoya qilish assotsiatsiyasiga» a`zolikka qabul qilindim. Mana hozirgacha o`sha «assotsiatsiya»ning yagona a`zosi bo`lib kelmoqdaman. Men ko`rgan tadbir faqat cholni diqqat bilan eshitish, unga hamdardlik bildirib turish bo`ldi, xolos. Chol bora-bora yumshay boshladi, borishimdan maqsad-qarzlari to`g`risida bir so`z demagan bo`lishimga qaramay hammasini to`ladi.

Eng asosiysi, u kompaniya ustidan qaerga shikoyat qilgan bo`lsa, hamma arizalarini qaytarib oldi». O`z shaxsiyati bilan g`arq, muhim shaxs ekanligi haqidagi o`y hayollardan sarmast kishi eng zerikarli odamdir. Faqat o`zi haqida gapiradigan odam, faqat o`zi haqida o`ylaydi. Bunday kishi kim bo`lishligidan qat`iy nazar madaniyatsiz kishidir. Shuning uchun yaxshi suhbatdosh bo`lmoqchi bo`lsangiz yaxshi e`tiborli tinglovchi bo`ling. Kerakli odam bo`lish uchun boshqalarning ham kerakli ekanini his qilish kerak.

Suhbatdoshingizga javob berish ko`ngilli bo`lgan savollarni bering, o`zi, yutuqlari haqida so`zlashga rag`batlantiring. Unutmang, siz bilan gaplashayotgan odamni o`zi, muammolari siznikidan ko`ra yuz karra ko`proq qiziqtiradi. Uni qaysidir mamlakatdagi ocharchilikdan ko`ra, o`zining tishi og`riyotgani ko`proq tashvishlantiradi, bo`yniga chiqqan yara qaerdadir yuz berayotgan uzluksiz zilziladan ko`ra jiddiyroq vahimaga soladi. Keyingi gal kim bilandir suhbatga kirishishdan oldin bu haqda o`ylab oling. Shunday qilib, odamlarga yoqishni istasangiz, ushbu qoidaga rioya qiling: Yaxshi tinglovchi bo`ling. Boshqalarni o`zi haqida gapirishga rag`batlantiring.  Sizchi do`stim, siz ham tinglovchimisiz yoki tinmay gapiradigan insonmisiz?

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. gohida nima gapirishni xam bilmay qolasan smile

  2. lekin yaxshi suhbatdosh bulish qiyin ayniqsa yigitlarga. tasavur qiling yigit bilan aylanib yuribtilar,raz yigit bolaga yaqin urtogi telefon qildi, lekin yigit shunday gapirishni boshlaydi, yonidagi qiz xam xayron buladi!

  3. Номаълум

    yaxshi suhbatdosh bilan xech qachon zerikmisan smile

  4. Унутманг, сиз билан гаплашаётган одамни ўзи, муаммолари сизникидан кўра юз карра кўпроқ қизиқтиради. bu gapga ko’shilaman!

  5. Биласизми, ашаддий жанжалкаш ҳам сабр-тоқатли инсон олдида юмшайди. ha bu juda tog’ri yozilgan!

  6. Номаълум

    xudo xammaga sabr tokat bersin

  7. Муаллиф: МУ ТУ – March 20, 2012 siz ko’pincha eshitasizmi yoki gapirasiz???

  8. Quloq solish juda yahshi, lekin quloq solishdan oldin eshitishni o’rganish kerey. Ko’pla tinglashni istaydiku lekin eshitishni bilmidi.

  9. eshitish muamo emasku!!!

  10. Муаллиф: murod – March 25, 2012 eshitish bu muamo emas, lekin tog’ri eshitish xammaga xam emas.

  11. nilyufar

    odamlarni eshitish va seni eshitadigan insoni topish kerak

  12. Jahongir

    Ha onsonakan yaxshi suxbatdosh bo’lish o’zgani dardini eshitish kerekande.

  13. musulmanka

    Masalan manam oldin subatdoshimi gap-so’zini ewitaman keyin uni gap so’ziga qarab fikrlaw olamiga qarab u bilan subatlawaman. Birinchi bo’lib uni tigliman butun vujudim bilan uni gaplarini ewitib keyin uni o’z dunyo qarawiga qarab fikrlawiga qarab jovob qaytaraman lekn ko’pchiliga man o’zimi momolarim aqida gapirsam jim ewitib ketadide keyin szdayam manga o’xwagan olat bo’ganmi db sovol berib qosam qaysi db turadi chunki man gapirvotganimda hayoli bowqa joyda bo’ladi

  14. to’ri birxillar wunaqa bo’ladi lekin ulani gapini ewitsak chunadi chunki uyam odam, hayvonamas

  15. Shahboz
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social