Yaxshilik har kuni sodir bo’ladi

Yaxshilik har kuni sodir bo’ladi

Har kuni yer yuzida baxtsiz hodisalar va tabiiy ofatlardan tashqari, eng oddiy odamlar qilayotgan yaxshi ishlar ham sodir bo’ladi.

Butun Internet bu shifokorning bag’ishlanishidan hayratda qoldi

Qiyin o’tgan 28-soatlik, 5 operatsiyalardan so’ng Luo Han ismli Xitoylik jarroh shunchalik charchadiki, hatto kasalxona yo’lagida uxlab qoldi. Mazkur suratlar butun internet bo’ylab tarqaldi va minglab insonlar jarrohning shijoati va sadoqatidan lol qolishdi.

41

Idish yuvuvchi xizmatkor restoran raisi bo’ldi

62 yoshli Ali Sonko 14 yil mobaynida Daniyadagi mashhur Noma restoranida idish yuvar edi va yaqinda esa u restoranning to’la huquqli egasi hisoblandi. Ali ushbu restoranga “yuragini va jonini” berdi va u o’z biznes ulushiga loyiq deb rahbariyat tomonidan maqullandi.

42

Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun

Everton Luis ismli Braziliyalik futbolchi irqchilik janjali qurboni bo’ldi. Raqib muhlislar o’yin vaqtida haqoratli so’zlar bilan qichqirishdi va bannerlar ko’rsatishdi. Futbolchi bosimga qarshi turolmadi va ko’zlarida yosh bilan maydonni tark etdi, lekin jamoadoshlari befarq qarab turishmadi. Bir necha futbolchilar Luis ning yoniga borib va uni qo’llab-quvvatlashdi.

43

G’ayrioddiy chegirma olish mumkin bo’lgan restoran

Antonio Ferrari ismli Italiyadagi restoran egasi o’z muassasasida muloyim va yaxshi tarbiyali bolalik oilalar uchun 5% chegirma berishga qaror qildi. Uning aytishicha, restorandagi 30% ota-onalar o’z bolalarini nazorat qilolmaydi va shuning uchun bunday chegirma kiritishga qaror qildi.

44

Bir itni qutqargan o’t o’chiruvchi

Andryu Kleyn AQShdagi Santa Monikada o’t o’chiruvchi bo’lib ishlaydi. Bir kuni yonayotgan uydan zo’rg’a tirik qolgan itni olib chiqishdi va o’t o’chiruvchi o’zini yo’qotmasdan hayvonni jonlantirishni zudlik bilan boshladi. Itning omon qolishiga ishonish qiyin edi, lekin hammasi yaxshi tugadi.

45

Ofitsiant nogiron ayolni ovqatlantirishga yordam berdi

Bu voqea AQSHdagi Illinoys shtatining kafelaridan birida sodir bo’ldi. Bir keksa odam va uning nogiron xotini birga ovqatlanar edi, lekin kutilmaganda ularning yoniga ofitsiant keldi. Yigit ularning yoniga o’tirdi va keksa kishi bemalol ovqat yeyishi uchun nogiron ayolni ovqatlantirishga yordam berdi.

46

Tesla avtomobil egasi bir insonni qutqarish maqsadida o’z mashinasini ayamadi

100 ming dollardan ortiq turuvchi Tesla avtomobil haydovchisi Myunxen yo’llarida har xil tomonga chayqab ketayotgan Volkswagen Passat mashinani ko’rdi. Bu mashinaga yetganida, u erkak haydovchi boshini rulda tashlab, behush ekanligini ko’rdi. So’ngra Tesla egasi Volkswagen mashinasi oldiga chiqib, avtomobil yordamida mashinani to’xtatdi, shu bilan boshqa haydovchi jonini saqlab qoldi.

47

UFC chempioni saratonni mag’lub qilgan bolaga o’z kamarini sovg’a qildi

Bir necha yil oldin, Cody Garbrandt ismli jangchi saraton kasallikga chalingan Maddox Maple ismli bolani uchratdi. Bunda ular, jangchi champion unvonini qo’lga kiritishga va bola esa saratonni mag’lub qilishga va’da berishgan edi. Ular o’z va’dalaridan chiqishdi va jangchi Maddoxga o’z kamarini bolaga sovg’a qildi.

48

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social