Xafagarchilik – bu faqat sizning boshingizdagi narsadir.

Xafagarchilik – bu faqat sizning boshingizdagi narsadir.

Bir kuni shogird o’z ustozidan so’radi:

– Ustoz, siz ilohiy hikmatni anglab oldingiz, siz har doim tinchlik va yaxshi kayfiyatda bo’lgansiz. Hech kim sizni bezovta qilmaydi, siz hech kimga g’azablanmaysiz. Menga ham buni o’rgating.

– Yaxshi, men o’rgataman, buning uchun sumka va kartoshka olib kel.

Shogird ustoz aytganidek hamma narsani qildi.

Agar kimdandir g’azablansang yoki xafa bo’lsang, o’sha insonning ismini kartoshka ustiga yozib qo’y va sumkaga sol”, – deydi ustoz shogirdiga.

Faqat shuni qilish kerakmi? – deb shogird hayron qoldi.

Yo’q, qayerga bormasang ham, har doim bu sumkani o’zing bilan birga olib yurishing kerak. Har safar kimdandir g’azablansang yoki xafa bo’lsang, u sumkaga kartoshka qo’shish kerak.

Yaxshi, – dedi shogird.

Biroz vaqt o’tdi. Shogirdning sumkasi og’irlasha boshladi. Bundan tashqari, birinchi kartoshkalar yomonlashib, yoqimsiz hid chiqarishni boshladi.

Keyin shogird ustoziga kelib:

Men bu og’ir yomon hidni endi ko’tarolmayman. Menga biron boshqa narsa taklif qiling.

Dono ustoz unga javoban:

Xafa bo’lganingda va odamlardan g’azablangan paytda qalbingda boshqa narsalarni olib yurasanmi?

Bir marta xafa bo’lib, tosh qalbingizga qanday tushganini sezmaysiz.

Vaqt o’tishi bilan bu toshlar juda ko’payib ketadi. Hodisalar odatga aylanib ketadi, odat xarakter bo’lib qoladi, bu o’z-o’zidan zararni keltirib chiqaradi. Men senga bu narsani tashqi tomondan qarash imkoniyatini berdim. Keying marotaba, senga yana bir tosh kerakmi yoki yo’qmi?… Xafagarchilik – bu faqat sizning boshingizdagi narsadir. Boshingizni bu narsadan ozod qilishni o’rgansangiz, haqiqatan ham baxtli odam bo’lasiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social