Yaxshilik qilishdan charchamaylik!

Yaxshilik qilishdan charchamaylik!

Sir emaski savob ishlar nafaqat muxtojlarga yordam beradi, balki yana savob ish qilgan insonning kayfiyatini ham ko`taradi. Olimlar qanday qilib boshqalarga yordam bergan holda, o`zingizni yanada ko`proq baxtli qilish mumkin ekanligi ustida bosh qotirishdi.

Yoshi, jinsi, vaz`mi yoki millatidan farqli har qanday inson birinchi navbatda baxtga erishishni maqsad qiladi. Shu maqsadiga erishish uchun ular ko`p pul, vaqt va kuchlarini sarflashadi. Lekin insonni nima baxtli qiladi?

Savob ishlar birinchi navbatta savob ish qilingan insonni baxtli qiladi, lekin savob ish qilgan inson ham shu qilgan ishidan o`zini baxtli his qilishi aniq. Bir tadqiqot vaqtida aniqlandiki, agarda inson haftaning bir kunida beshta kutilmagan savob ishlarni qilsa, olti xaftadan keyin U o`zini juda baxtli his qilar ekan.

Bundan tashqari inson ish kunining oxirida ketgan vaqti bekor bo`lmagani, hatto uning qilgan ishi jamiyatning yanada yaxshilanishiga oz bo`lsada hissa qo`shganini his qilsa, U inson dam olishga yaxshi kayfiyat bilan chiqib ketarkan.

Ruhshunoslar savob ishlarning qanday usuli insonlarning kayfiyatini ko`tarishini aniqlash maqsadida tadqiqot o`tkazishdi. Ruhshunoslarni birinchi bo`lib aynan qanday savob ishlar insonlarni baxtli qilishi qiziqtirdi.

Ruhshunoslar tadqiqot ishtirokchilariga ikkita usul taklif etishdi: birinchi usul – shunchaki kimnidir baxtli qilish, ikkinchisi esa aniq ko`rsatma bilan – kimningdir yuzida tabassum uyg`otish. Tadqiqotdan so`ng ishtirokchilardan qaysi usul ularni baxtli qilishganini so`rashganlarida: ko`pchilik ishtirokchilar birinchi usul deb javob berishgan. Ularning fikricha baxtli bo`lish tuyg`usi, yuzda tabbasum paydo bo`lishidan yaxshiroq ekan.

Ikkinchi tadqiqotda esa ishtirokchilarga savob ishlar uchun 24 soat berishdi. Ishtirokchilarning yarimi birinchi usulni tanlashdi – kimnidir baxtli qilish, qolgan yarimi esa kimgadir tabassum baxsh etishlari kerak edi. Ishtirokchilar ikkala guruhda ham bir xil savob ishlar qilishdi (sovg`alar berishdi, uysizlarga ovqat va suv tarqatishdi va hokazo); bu erda birinchi usulni qo`llagan ishtirokchilar, insonlarda tabassum uyg`otishni istagan ishtirokchilarga qaraganda o`z ishlaridan kam mamnun bo`lishdi.

Shunday qilib, kayfiyatingiz ko`tarilishi uchun birgina savob ishlar qilish etarli emas ekan. Savob ishni qilishda maqsadni aniq qo`yadigan inson o`z ishidan ko`proq mamnun bo`larkan.

Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, o`z vaqtida buning hosilini o`rib olamiz!

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Атхам

    савоб ишни кандай турлари мавжуд? нима килса савоб иш килганга киради?

  2. back-boy

    oddiygina do’stimizdan xabar olganimizzi o’zi savob manimcha, eng muximi san o’sha yaxshilikni qay niyatta qivotganinga bo’g’liq

  3. manimcha savob ishlarni turlari shunchaki ko’p, ularni xattoki sanab utsa xam bumidi!

  4. Исмингиз

    яхшилик қилишдан чарчамайлик!

  5. райхан

    Nima kilinsa savopga kiradi muhimlari kata savoplar nima

  6. Исмингиз

    Agar siz birontani kunglini ololsengiz unga ozgina kuvonch ulawolsengiz bilinki siz savob iw qilgan bulasiz

  7. Исмингиз

    Agar siz birontani kunglini ololsengiz unga ozgina kuvonch ulawolsengiz bilinki siz savob iw qilgan bulasiz

  8. Bakirov Sardorbek (2001)

    Yuqorida hamma har xil fikr bildirdi fikirlar chiroyli
    Lekin togri savob ishni sanab bolmaydi uni chek chegarasi yoq
    Misol qilib aytsak katta yolda mashinalarni xarakatlanishiga xalaqt berayotgan birgina tosh yoki buyumni olib tashlasak ham bu savob boladi Aziz insonlar savoqilib charchamaylik …. admin (+99899 473 97 30 )

  9. Мадина

    Yahshilik bu yomonlik qilmaslik hamdir

  10. Бахор

    Yaxshilik qilishdan charchamang har doim yaxshilik ulashib yashang boshqalar sizdan o’rnak osin

  11. зилола

    яхшиликни яхшиси мухтожга касал одамга кулдан кеганча ёрдам беришдир

  12. nargiza

    Zoru

  13. Muborak

    Xa yaxshilik qilishdan charchamalik azizlar

  14. Poxuy sha sha sha

    Poxuy sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha

  15. Poxuy sha sha sha sha sha sha

    Poxuy sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha sha

  16. Dinaxuy

    Ggggggggggggeeeeeeeeeeyyyyyyyy

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social