Apple iPhone 5s – dunyodagi eng mashhur telefon!

Apple iPhone 5s – dunyodagi eng mashhur telefon!

Counterpoint tekshiruv kompaniyasi mobil aloqa moslamalarning bozorini tekshirishdan so`ng quyidagi natijaga keldi: Hozirgacha dunyodagi eng mashhur telefon bu Apple iPhone 5s ekan. Ushbu telefon, o`tgan yilning kuzida chiqib, eng zamonaviy HTC va Samsung flagmanlardan ham o`tib ketdi.

Ayni vaqtda iPhone 5s telefoni Apple telefonlarining eng ohirgi modeli bo`lib turibdi. Hattoki kuchli smartfon Samsung Galaxy S5 «yablokofon»ga ko`ra sotuvda qiyin ketmoqda: mazkur yilning may oyida Apple 7 milllionga yaqin iPhone 5s sotgan bo`lsa, Samsung esa o`zining Galaxy S5 ni bu vaqtgacha 5 millionga yaqinini sotishga muvoffaq bo`lgan.

Counterpoint kompaniyasi 35 dan ortiq davlatlarda sotuv natijasini tekshirib ushbu yakuniy statistikaga keldi. Samsung ni shunday natijalar xafa qilishi mumkin, chunki Galaxy S5 ushbu yilning aprel oyida chiqib, iPhone 5s dan ko`ra quvvatli va unumlidir. Samsung o`zining yangi flagmani sotuv vaqtida birinchi kunlarida rekord o`rnatgan edi. Biroq keyinroq unga bo`lgan talab tushib ketdi, hamda iPhone 5s vaziyatida esa shunday natija ko`rinmagan.

Biroq shunday muvoffaqiyat faqat iPhone 5s tegishli: Apple da iPhone 5c modeli ham bor, beshinchi «Ayfon»ning byudjetli varianti hisoblanadi. Ammo bu model juda yomon sotilmoqda, chunki uning korpus materialining sifati past hisoblanadi va moslama yuqori narhga ega.

Mashhurlik bo`yicha uchinchi o`rinda Xitoy kompaniya Xiaomi joylashgan. U o`zining yuqori sifatli, chiroyli dizaynga ega va yoqimli narhli smartfonlari bilan mashhurdir. Uning ikki yangiliklari MI 3 va Hongmi Red Rice dunyodagi eng mashhur smartfonlar ro`yxatining 10 ligiga kirdilar.

Aytib o`tish joizki, bir necha kundan so`ng Xiaomi yangi Mi 4 monoblokni chiqarmoqchi va u zamonaviy moslamalar hususiyatiga ega bo`ladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ahmad

    Apple bu brand, ammo xarakteristika buyicha Samsung smartfonlar xakatanam Iphonelardan yaxshiroq hisoblanadi!

  2. муниса

    ториси манам тушунолмаяпман нимаси одамларга ёкади Apple да??? манимча бу 7 миллион iPhone 5s сотилган булса, улардан 5 миллион американинг узида булса кере?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social