Yigʻlash nima uchun foydali va uni qanday qilib tez-tez qilish mumkin

Yigʻlash nima uchun foydali va uni qanday qilib tez-tez qilish mumkin

Yigʻlash — bu zaiflik emas, balki organizm uchun foydali tabiiy resursdir.

Koʻz yoshlarini ushlab qolishimizga turli sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, kimgadir oʻzimizni kuchliroq koʻrsatmoqchimiz, yoki reja boʻyicha ketmagan ish uchrashuvida professional koʻrinishga harakat qilamiz. Ba’zan esa yigʻlash bizni boshqalarning koʻzida zaif koʻrsatadi deb oʻylaymiz yoki bunday holatni jiddiy vaziyatlarga mos emas deb hisoblaymiz.

Ammo xavfsiz, hissiy jihatdan qulay muhitda yigʻlash bizga foyda keltirishi mumkin. Koʻz yoshlarimiz nafaqat atrofdagilarga yordamga muhtojligimizni koʻrsatadi, balki endorfinlar ajralib chiqishiga va stressdan xalos boʻlishimizga yordam beradi. Natijada oʻzimizni yengil his qilamiz.

Nega yigʻlaymiz?

Mutaxassislar hali hanuz kuchli hissiyotlar yoki jismoniy ogʻriq natijasida nima sababdan koʻz yoshlarimiz chiqishini toʻliq aniqlab bo’lishmagan. Biroq bu holat ijtimoiy signal sifatida talqin qilinadi — ya’ni boshqa odamlarning taskin berishi va qoʻllab-quvvatlashiga umid qiladi.

Evolyutsiya nuqtai nazaridan yigʻlashni oʻrganish murakkab, chunki biz — insonlar — sayyoradagi yagona mavjudotlarmizki, koʻz yosh toʻkamiz. Boshqa hayvonlar nola qiladi yoki maxsus tovushlar chiqaradi, lekin inson yigʻlashi murakkab, muvofiqlashtirilgan jarayon. Bizning koʻzimizdan yosh chiqadi, xirillab yoki boshqa tovushlar chiqaramiz, yuz muskullarimiz qisqaradi, mimikamiz oʻzgaradi, yelkalarimiz tushadi va titraymiz. Ana shu harakatlar yigʻlash deb ataladi.

Shuningdek, inson uch xil turdagi koʻz yoshini hosil qiladi:

  • Bazal koʻz yoshlari — doimiy ajraladi va koʻz salomatligini ta’minlaydi.
  • Reflektor koʻz yoshlari — koʻzga tushgan zararli moddalarni tozalash uchun ajraladi.
  • Hissiy koʻz yoshlari — kuchli hissiyotlar yoki ogʻriq tufayli hosil boʻladi.

Yigʻlashning foydali jihatlari

Yigʻlashning foydaliligi haqidagi asosiy ilmiy nazariya shundan iboratki, bu holat atrofdagilarda hamdardlik va rahm-shafqat uygʻotadi. Natijada ijtimoiy aloqalar mustahkamlanadi. Yigʻlash — bolalar ham, kattalar ham boshqalardan yordam soʻrashining tabiiy yoʻlidir. Buni koʻrganlar yordam berishga moyil boʻladilar.

Shuningdek, olimlar yigʻlash fiziologik jihatdan ham foydali deb hisoblashadi. Ba’zi tadqiqotlar yigʻlashni oʻzini tinchlantirishning bir usuli sifatida koʻrsatadi. Koʻz yoshlar endorfin va oksitosin kabi moddalarni ajratib, ogʻriqni kamaytirishi mumkin. 2020-yilda Janubiy Koreyada oʻtkazilgan kichik tadqiqotda, koʻkrak bezi saratonini boshdan kechirgan ayollarda yigʻlash terapiyasi hissiy va jismoniy holatni yaxshilagan.

Demak, ko‘z yoshlarini ma’lum ma’noda “terapevtik vosita” deb atash mumkin. Ular bizga ichki zo‘riqishni tushirishga, to‘plangan his-tuyg‘ularni bo‘shatishga va tinchlanishga yordam beradi. Hissiy ko‘z yoshlar stress gormonlari va boshqa toksinlarni yuvib tashlaydi, ko‘zlarni namlaydi, qon bosimi va yurak urishini pasaytiradi. Biz yig‘layotganimizda atrofdagilar bizga mehr va e’tibor ko‘rsatsa, oʻzimizni yanada xavfsiz va yolgʻiz his qilmaymiz.

Oʻzingizga yigʻlashga yordam berish yoʻllari

Agar ilgari koʻp vaqt davomida yigʻlashni oʻrganmagan yoki uni tiyib yashagan boʻlsangiz, bu odatni oʻzgartirish uchun ozgina mashq qilishga toʻgʻri keladi. Hissiyotlarni namoyon etish xavfli yoki notoʻgʻri deb oʻylaganlar uchun yigʻlashga oʻtish oson boʻlmasligi mumkin. Quyidagi usullar bu boradagi toʻsiqlarni yengishga yordam beradi:

  • Sizni doim yuragingizdan uradigan gʻamgin qoʻshiqlardan iborat pleylit tuzing.
  • YouTube yoki TikTok’da koʻzni yoshartiradigan ta’sirli videolarni izlashingiz mumkin.
  • Gʻamgin podkastlarni tinglang.
  • Yigʻlatishi aniq boʻlgan film tomosha qiling.
  • Kundalikda oʻzingizni xafa qilgan, qaygʻuli holatlar haqida yozing.
  • Yoganing hissiy holatni yengillashtiruvchi mashqlarini bajaring.

Qachon va qanchalik tez-tez yigʻlash kerakligi boʻyicha aniq ilmiy tavsiya yoʻq. Ammo agar oʻzingizni yengil his qilish uchun yigʻlash zarur deb bilsangiz — shunchaki tinch joy toping, oxirida yigʻlatadigan filmni yoqing va koʻnglingiz toʻlguncha yigʻlang.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Man torimda maqolaku buuu laugh

  2. Man har kuni yigliman uxlashdan oldin smile

  3. Ancha keyin ozimni yaxshiroq his qilaman unknw

  4. Man buni asosan baxtsiz odamlar qilishadi dib bilardim

  5. Lekn baribir yiglash dilimga yoqadi cry

  6. Qodirova Malika

    Aziza men ham yiglayman, hayotdan charchadim

  7. Erkaklar yiglamaydi

  8. Yiglashning yomon tarafi yoq, yiglagingiz kesa, yiglang.

  9. Mahmuda

    Endi kim menga nima desa, shu maqolani korsataman laugh

  10. Raxmat

  11. Shoxista

    Yoqdi menga bu maqola

  12. Tayna Koko korganimda birinchi marta, rosa yiglagandim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social