Yil oxirida eslash kerak bo’lgan narsalar

Yil oxirida eslash kerak bo’lgan narsalar

Yil oxiriga kelib barchamiz shu yilni qayta ko’rib chiqib, tahlil qilishni istaymiz va shu orqali o’z hayotimiz haqida fikr yuritamiz. Bizda barchasi yaxshi bo’lsa ham, biz shunda ham qayg’urishimiz va bizda bor bo’lgan narsalarni qadrlamasligimiz mumkin. Hozir esa, eng yaxshisini yuzaga chiqarish va energiyani samarali ravishda qayta yo’naltirishga arziydigan davrdir. O’zingizga nimalarni eslatishingiz kerak?

Siz yolg’iz emassiz

Agar kimdir sizga yordam beradigan bo’lsa, hayron bo’lmang. Bu inson sizning muammolaringizni hal qilmasligi mumkin, lekin u yoningizda bo’ladi. U sizni qorong’i xonadan olib chiqmaydi, lekin chiqish eshigi joylashgan tomonni ko’rsatishi mumkin. Sizning holatingiz qanchalik yomon va yoqimsiz bo’lishidan qat’i nazar, hayotda sizga kimdir yordam beradi. Agar siz “Men yolg’izman” degan jumlani aytsangiz, biling-ki siz yolg’on gapirayotgan bo’lasiz.

Siz oldingi shaxs emassiz – bu normaldir

Hayot ko’pincha o’zimiz ixtiyoriy ravishda tanlashni istamaydigan yo’ldan borishga majbur qiladi. Qo’rqmang va o’zingizga ishoning. Bilingki, o’z savollaringizga javob topishingiz mumkin. Ishoning, hayot sizni yana va yana hayratda qoldiradi va bularning hammasi vaqt va kuchga arziydi. Ha, siz og’riqni his qilishingiz kerak edi. Sizni bugungi kungacha qilgan ko’plab inqirozlarni tushundingiz. Ko’pgina voqea-hodisalar sizning diqqat markazingizni o’zgartirdi, dars o’rgatdi va sizni yangi tajribalar bilan boyitdi. O’z taraqqiyotingizni qadrlang.

Bu hali boshlanishi

Hayotdagi hamma narsa – har qanday vaziyat va har qanday munosabat – oxirigacha bo’lishi kerak. Tushuning, qabul qiling va qo’yib yuboring. Eng muhimi, o’tmishni kerakli joyda qoldirib ketishdir. Bu oxiri degani emas, shunchaki hayotingizda yangi varaq bilan boshlanishidir. Bu hikoyangizning bir qismidir, unda bitta bo’lim tugaydi va navbatdagi mavzu boshlanadi. Aytgancha, bu biz bilan har doim bo’ladi. Hayot hech qachon avvalgidek bo’lmaydi va hayot doimo o’zgaruvchandir. Aytgancha, bu juda yaxshi, chunki hayot – har doim hozir boshlanadi, ertaga emas.

Sizning bugungi munosabatingiz eng katta kuchga ega.

Maqsad – barcha salbiy fikrlar, his-tuyg’ular va hayotiy vaziyatlardan xalos bo’lish degani emas – bu imkonsizdir. Maqsad – ularga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirishdir. Birinchi qadam qanday deysizmi? Hozirni o’zida harakat qiling. Kecha yoki ertaga emas. Hayotingizni murakkablashtirmang. Kurashing, 7 marta yiqilsangiz, unda 8-marta yana turing.

Tanangizdagi eng katta keskinlik nuqtasini toping.

Siz qarshilik ko’rsatgan narsalarga e’tibor bering – vaziyat yoki shaxs bo’lishi mumkin.

Zo’riqqan joyni bo’shating – chuqur nafas oling va bo’sh tuting.

Muommolarga ongli ravishda to’g’ridan-to’g’ri boqing.

Ushbu mashqlarni takrorlang va uni kichik kundalik odatga aylantiring. Qabul qilish, xotirjamlik bilan kurashish va qarshilik ko’rsatishga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring va hayotingiz qanday o’zgartirayotganini ko’ring.

Sizda oldinga yurish uchun yetarlicha manbalar mavjud.

Hatto noaniqlik davrida ham, hayotingiz mukammal ko’rinmaganda, eng oddiy narsalarni eslang!

– Siz tiriksiz.

– Kecha siz och qolib uxlamadingiz.

– Boshingiz tepasida tom bor.

– Ertalab qanday kiyim kiyish tanlovi bor.

– Siz omon qolish uchun jang qilmayapsiz.

– Yaqin atrofingizda sevadigan odamlar bor.

– Sizda ichimlik suvi bor.

– Har doim tibbiy yordamga murojaat qilishingiz mumkin.

– Siz ham Internetga kirishingiz mumkin.

Aslida, siz juda ham boy inson sanalasiz. Shuning uchun o’zingizda bor bo’lgan narsalar uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang va oldinga sekin qadam bosing.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social