Yolg`izlikni his etganimizda ko`pincha, dardimizni tinglaydigan ilgarigi do`stimiz yoki dugonamiz xozir bo`lishini istaymiz. Bunday yaqin do`stga xatto uydagilarga aytolmaydigan sirlarni ham aytasan. Esingizdami, yoshlik chog`imizda bizda qadrdon do`st bo`lgan. Bolalikdagi do`st… Bu so`zlarni aytganda qalbimiz iliqlikka to`ladi.
Bolalik, ushbu ajoyib davrimiz, ko`pincha so`ngi qo`ng`iroq va so`ngi oqshom bilan yakunlanadi. Shu kundan keyin esa do`stlarning yo`llari har-xil tomonga ketadi. Ular har-xil oliygohlarga kiradi, har-xil shaharlarga ko`chib o`tishadi va shu yo`sin boshqa ko`rishmaysiz. Xatto yashash joyingiz bir biringizga yaqin joylashgan bo`liga qaramasdan, bir biringizni kam ko`rasiz. Har kunning shoshilinch oqimida bir biringizni yo`qotasiz. Mansabga va tirikchilikka bo`lgan ishtiyoq shunchalik sizni o`ziga qul qilib oladiki, hatto, do`stingiz qanday yoki u nima qilyapti degan savollar haqida o`ylamay qo`yasiz. Lekin bu haqda o`ylasangiz ham, darrov bu hayolni boshqa fikr egallab oladi.
Menimcha, ulg`ayib ushbu eski va qadrdon do`stlikni kamdan kam odamlar saqlab qoladi, do`stlik uyog`da tursin, hatto aloqani ham saqlab qolishmaydi. Bordiyu, bola-chaqalik bo`lib qolsak, o`zimizni oqlab, bularning hammasini ikkinchi o`ringa o`tkazib qo`yamiz. yillar o`tadi, bolalar katta bo`ladi, hayot endi sekin shoshmay o`z maromida ketadi. Aynan shu paytlarda, do`stingizni sog`inasiz, do`stingizni eslashga tushasiz. Orqaga nazar tashlab, xayotingizda xammasi yahshi ekanini payqaysiz, bolalar katta bo`lgan, xammasi o`qiyapti, turmush o`rtog`im ajoyib, ishim juda yoqadi. Lekin bir narsa etishmaydi, u ham bo`lsa, do`stingiz bilan bo`lgan oddiy dardlashuv.
Yoshi katta odamlarda do`stlar bo`lmasligiga hech ahamiyat berganmisiz? Albatta, og`aynilar va tanishlar bo`ladi. Ular bilan ko`pincha beshta-beshta olib turishadi. Yoki ishxonadagi tanishlar bilan birga ovqatlanishadi, telefonda gaplashishadi va ishxonada birga bo`lishadi. Lekin bunday odamlarni qadrdon do`st deb atash mumkinmi? Biz ular haqida gapirganda ko`pincha, tanishim yoki birga ishlaymiz degan so`zlarni eshitamiz.
Haqiqiy do`stlikni topish haqiqiy sevgini topishdek juda mushkul masala. Shuning uchun qadrdon do`stlaringizni ehtiyot qiling, ularni yoqatmang!!! Sizga maslahatim, “Qadrdon do`stingizga qo`ng`iroq qiling yoki qanday bo`lsa ham u bilan aloqaga chiqing”. U bilan gaplashmaganingizga ham ancha vaqt bo`lib qoldi. Sizni eshitib, do`stingiz xursandchilikka sho`ng`iydi. Kim bilsin, ba`lki, do`stingiz sizni ham eslab yurgandir. Birga qor o`ynab, daraxtlarga chiqib yurgan paytlarni eslang. Ahir siz birgalikda juda ko`p vaqtni birga o`tkazar edingiz.
Ko`pincha biz afsuslanib, “Eng bahtli davr bu bolalik, u endi qayti kelmas” deb aytamiz. Lekin bu noto`g`ri! Hamma narsani o`zgartirish va o`sha onlarni qaytarish bizning qo`limizda. Qancha yoshga kirmaylik, qalbimizda biz doim bolalardekmiz.
Mani fikrim shuki xaqiqiy dustni topish bu salgina qiyinroq bulsa kere deb uyliyman
Адхамбек, хақиқий дўстни топиш мумкин. Сизда хақиқий дўст бўлганми?
Хакикий дўстга эга бўлиш жуда яхши. Хакики дўст ўрнини хеч ким ва хеч нарса босмайди. Адхамбек сизда хам дўст яқин ва содиқ дўст борми?
Xa bor lekin u xozir yonimda emasda
Сиз у билан гаплашиб турасизми ёки дўстингизни анчадан бери кўрмадизми?
Xa u bilan gaplashib turar edim lekin xozir u xarbiy xizmatta shuning uchun xozir gaplasholmayapman
Ха. Адхам сизга қийин бўлса керак? Масалан мен учун дадам энг яқин дўстим. У доим мен билан бирга. Доим тинглашга тайёр. Хеч қачон вақтим йўқ, ишим кўп ёки бандман демайди. Бу ажоиб дўстим.
Nima un dust bulamiz?
Komila qanisiz?
Муаллиф: Nemat – November 16, 2011
Salom hammaga
Муаллиф: Номаълум – November 16, 2011
Nima un dust bulamiz?
Одамнинг ёлғиз бўлиши яхши эмас. Худо хеч кимнинг ёлғиз бўлишини истамайди.
Муаллиф: Номаълум – November 16, 2011
Komila qanisiz?
Мен шу ердаман.
мен мавзуни укимади лекин шуни айтаманки инсон узи сабабчи хар бир карорига
албатта шундай. лекин бир инсонлар борки бошка буровларнинг фикрига тобе булиб иш килишади
йулдан кушилган дуст булмайди. бир жойда 100 йил ишласангхам хамкасибинг дуст булмайди еки бошка улар учун сен бугун борсан эртага йук узинг учун хам шундайку
киззик, ким унда дуст буларкан? Синфдошлар, кушнилар, курсдошлар или болаликдан бирга усган уртогинг
Манимча анчадан бери ёнизда юрган, ёшлигиздан бирга усган инсон яхши дуст булиши мумкин. Чунки мани якин дустим айнан ёшлигимиздан биргамиз. “новый друг, лучше новых двух”
Klass