Nega biz kinodagi yovuz qahramonlarni yoqtirib qolamiz?

Nega biz kinodagi yovuz qahramonlarni yoqtirib qolamiz?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega Jokerning butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari bor? Nega tomoshabinlar “Mashaqqatlar sari”dagi Uolter Uaytni chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi? Axir u narkobaron-ku? Yoki nega Dart Veyder bir nechta sayyoralarni yo‘q qilganiga qaramay, kino tarixidagi eng taniqli obrazlardan biriga aylangan?

Kinodagi yovuz qahramonlarning mashhur bo‘lishi bir qarashda g‘alati tuyuladi: chunki umuminsoniy qoidalarga ko‘ra, biz ularni qoralamog‘imiz kerak. Lekin buning o‘rniga ularning suratlari tushirilgan futbolkalarni kiyamiz, so‘zlaridan iqtibos keltiramiz. Keling, nima uchun biz yomon xarakterli kino qahramonlarni yaxshi ko‘ramiz?

Birinchi sabab — antagonist qahramon bilan o‘zimiz o‘rtamizdagi kutilmagan o‘xshashlik. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar o‘z xarakteri yoki hayotiy tajribasi yovuz qahramonlarnikiga o‘xshash bo‘lsa, ularga ko‘proq hamdardlik bildiradi.

Real hayotda biz aksincha yo‘l tutamiz: bizni yomon odamlar bilan taqqoslashlarini istamaymiz va bundan g‘azablanamiz. Ammo bu yerda muhim kalit so‘z — “to‘qima obraz” bor. Xayoliy kontekst inson ruhiyatida xavfsizlik hissini uyg‘otadi. Masalan, antiqahramonda o‘zimizdagi yashirin ambitsiyalar yoki o‘ziga ishonchsizlikni ko‘ramiz. Ular atrofdagilarning biz haqimizdagi tasavvuriga putur yetkazmaydi va bu haqda hech kim bilmaydi ham.

Bu “qorong‘i tomonni” xavfsiz ko‘rinishda his qilish kuchli psixologik mexanizmdir. Biz darg‘azab, hokimiyatga o‘ch yoki qasos olish niyatidagi antiqahramon orqali xayolan “yashaymiz”.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar filmni yolg‘iz tomosha qilayotganida yovuz qahramon bilan o‘zini taqqoslashga ko‘proq moyil bo‘ladi. Jamoat joyida esa bunday xatti-harakat qilish har kimning obro‘sini pasaytirish xavfini tug‘diradi.

Psixologiyada “reaktiv qarshilik” deb ataluvchi hodisa mavjud: agar bizga “yomon odam tarafini olish mumkin emas” deyishsa, ong ostida aynan shu narsani qilishni istay boshlaymiz.

Yovuz qahramonning insoniyligi ham muhim rol o‘ynaydi. Agar antagonist filmda boshqa yovuzlar yoki undan-da yomonroq voqealarga qarshi kurashayotgan yagona kuch sifatida ko‘rsatilsa, biz uni oqlashimiz mumkin. “Mashaqqatlar sari”dagi Uolter Uayt bunga yorqin misol: uning dastlabki maqsadi oilasini moddiy ta’minlash bo‘ladi, Uolter bilan kurashayotganlar esa undan ham jirkanchroq ko‘rinadi.

Tomoshabinlarning qahramonga baho berishi ko‘pincha his-tuyg‘ularga asoslanadi: agar biz biror obrazni aslida yaxshi inson, lekin og‘ir vaziyatda qolgan deb hisoblasak, uning eng yovuz amallarini ham kechirib yuborishimiz mumkin.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хаммаси жуда осон. Хозирги пайтда евоз кахрамонларни жуда чиройли ва кучли курсатишади

  2. Тимур

    Локи масалан, 1 марта Торда пайдо буганида, Торни анча ортда колдирган.

  3. Тимур

    Том Хиддлстоун жуда кучли уйнаган. Охир окибат карен, одамлар севгиси сабабли уни тирилтиришди ва унга сериал олишди

  4. Тимур

    Одамлар тоза, тури, кучли кахрамонлардан чарчашишди. Биз геройларни куриб котта буганмиз, энди эса евузларни тшунвоммиз smile

  5. Тимур

    Кичкина болалар хозир барибир геройларни ектиришади smile

  6. Тимур

    Биза просто котта буганимиз сари, емонларни тшунишни бошладик

  7. Komiljon

    Joker heart

  8. Ibrohim

    Chunki ularni koproq va qiziqarliroq korsatishadi

  9. Jamshid

    Qiziq maqola bopti. raxmat

  10. Kopincha ularni hikoyasi qiziqarliroq yozilgan boladi, bosh qahramonga qaraganda

  11. Хабибулло

    Оддий жавоб, актерлар

  12. Doniyor

    Hammasi shunday

  13. Farangiz

    Oddiy narsa

  14. Jamshid

    Klass, juda tori yozilgan

  15. Zor maqola good

  16. Hammasi shunday togri

  17. Dilshod

    Klassniy

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social