Yozning qizg‘in pallasida va jazirama ob-havoda organizmdagi suv miqdorini mo‘tadil darajada ushlab turish salomatlik uchun juda muhimdir. Rossiyalik diyetolog Vasilisa Ponamaryova yozda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Mutaxassis organizmda yetarli suv miqdorini saqlab qolish, ovqat hazm qilish qulay kechishini ta’minlashga yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi.
Tarvuz
Taxminan 90 foiz qismi suvdan iborat mazkur poliz ekini shirin bo‘lsa-da, chanqoqni qoldiradi va organizmda suv balansini ushlab turadi. Shuningdek, tarvuz A, C vitaminlari va antioksidantlarga boy.
Bodring
Vitamin va o‘simlik tolalariga boy bodring tetiklantiruvchi ta’sirga ega. Bodringning kaloriyasi past bo‘lib, tarkibida K, C vitaminlari va turli minerallar mavjud.
Sitrus mevalar
Apelsin, limon, mandarin va greypfrut kabi sitruslar C vitamini koni bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlashga yordam beradi va yozning issiq kunlarida energiya baxsh etadi.
Rezavorlar
Qulupnay, qora olxo‘ri, chernika, qorag‘at va malina rezavorlari nafaqat mazali, balki antioksidantlar va vitaminlarga ham ega mevalardir. Ular tanadagi suv balansini mo‘tadil saqlashga yordam beradi va tanani muhim oziq moddalar bilan ta’minlaydi.
Selderey
Bu ko‘kat ko‘plab o‘simlik tolalari va hazm qilishni yengillashtiruvchi xususiyatga ega.
Oqsilga boy mahsulotlar
Yog‘siz mol yoki qo‘y go‘shti, tovuq filesi, kurka va baliq oshqozonda yengil hazm bo‘ladigan va oqsilga to‘la mahsulotlardir. Losos, tunets kabi baliqlar ham yurak faoliyati va immun tizimi uchun foydali omega-3 yog‘ kislotalariga to‘yingan.
Sut mahsulotlari
Yogurt, ayniqsa, grek yogurti, hazm qilishda yordam beradigan oqsil va probiotiklarning manbaidir. Kefir va qatiq mahsulotlari ichak mikroflorasini yaxshilash uchun foydalidir.
Tuxum
Yengil hazm bo‘ladigan oqsilga boy tuxumni ertalab nonushta uchun sabzavotlar bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Shuningdek, issiq havodan saqlanish uchun quyidagi qoidalarga rioya eting:
- Og‘ir va hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan ovqatlar — yog‘li, kuyib pishgan taomlardan tiyiling;
- Har 3-4 soatda kichik-kichik porsiya bilan ovqatlaning;
- Chanqoqni his qilmasangiz ham, muntazam ravishda suv ichib turing.
Хозирги тарвузла хали ширинмас, еззи охирида ширинлари чикади
Купро сув ичиш кере, терлаганда жуда куп сув екотамис
Sut ichmasamchi?
Rahmat, yoz boshlandi, ko’chalar isib yonyapti
Yaxshi informatsiya bo’libti
Yaxshi, lekin no taraflari ham bor
Covid qayerda qoldi?
Rahmat maqola uchun
Qiziq
Nam nam
Yaxshi
hammasi onami manga aytgan gaplariku mani onam ham dietologlar
Zorku, siz u bu joyda ishlaganmisiz?
yug man juda kuup kurslarda uqiganman onam dietologli bn salkam 6yildan beri shugullanallar lekn uzlarini iwlari bowqa sohada aytgandimu hindlar bn ishledila 14yildan beri guzallik saloblariyam bor onam judayam universal ayollar
Qoyilman. Onangiz juda aqlli va kuchli insonlar deme. Oziz qanaqa kurslada oqigansiz?
xa judayam kuchli aqlli ayollar onam ehhh manam qachob onamdaka bularkinman xaa man hamshiralik piwiriq ovqatlar dizaynerlik kurslariga uqiganman stilistligam qulimdan keladi karategayam 4yil borganman
Zorkuuuu! Ozi hozr nima bilan qiziqas?