Eng mashhur YouTube bloger kimligini bilasizmi?

Eng mashhur YouTube bloger kimligini bilasizmi?

Jimmi Donaldson yoki Janob Bist (Mr. Beast) nomi bilan tanilgan YouTube blogeri 2-iyun kuni o‘z kanali obunachilari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Europa Plus nashri xabar berdi. Uning auditoriyasi 270 millionga yaqin folloverlardan iborat.

Jimmi Donaldson 1998-yil 7-mayda AQShning Shimoliy Karolina shtati, Grinvil shahrida tug‘ilgan. U bolaligidan video o‘yinlar va Internetga qiziqib kelgan, bu esa uni 2012 yilda o‘zining YouTube kanalini yaratishga olib keldi. Kanalni ochganda Jimmi atigi 13 yoshda edi.

Avvaliga Donaldson turli janrlarda va mavzularda videolar yaratishga harakat qildi: bloger video o‘yinlar, turli mahsulotga tavsif va sharh berdi, shaxsiy hayoti haqida vloglar oldi. Kuni kecha yovvoyi tabiatda omon qolish haqidagi videosi bir sutka ichida 50 milliondan ortiq marta ko‘rildi.

Jimmi nafaqat ko‘ngilochar, balki ezgu ishlarga ilhomlantiruvchi kontent yaratishga ham e’tibor qaratdi. U keng ko‘lamli xayriya tadbirlarini uyushtirdi, mutlaq begona insonlarga yuz minglab dollar hadya qildi, tibbiy operatsiyalarni moliyalashtirdi va hatto uysizlar uchun boshpanalar berdi. Janob Bist Afrikaning bir necha qashshoq yerlariga tashrif buyurib, u yerda suv olish uchun yuzta quduq qazdirdi va aholini ichimlik suvi bilan ta’minladi.

“Oradan olti yil o‘tgach, biz nihoyat PewDiePie uchun qasos oldik”— deb yozadi Janob Bist ijtimoiy tarmoqlarda.

Gap shundaki, 2019-yilda Hindistonning T-Series musiqiy leybli obunachilar soni bo‘yicha PewDiePie’ni ortda qoldirib, YouTube’da yetakchi blogerga aylandi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Легенда, адашмасам 2 йил олдин унга 3 йил яшаш коган диганди

  2. Тимур

    2 йил ичида жуда куп яхши ишлар килишга улгурди

  3. Nega 3 yil qogan? Kasalmi?

  4. Rosa pul qilsa kerak

  5. Тимур

    Ха касал шекилли, шунака диганиди

  6. Тимур

    Шу пулларни топиш учун, жуда куп ишлиди шу одам

  7. Bechora sad

  8. Barakalla!

  9. Asosiysi juda muhim va foydali ishlar qiladi

  10. Videolarini qanday topsa bo’ladi?

  11. Youtubeda kup

  12. 272 mln

  13. Mr Beast

  14. 275 mln

  15. Hamma biladiku buni

  16. Shoxrux

    Qoyil

  17. Shoxista

    Hamma biladi uni

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social