Zerikish va motivatsiya yetishmasligi bilan kurashishning samarali 5 usuli

Zerikish va motivatsiya yetishmasligi bilan kurashishning samarali 5 usuli

Quyidagi sinalgan tavsiyalar samaradorlikni oshiradi, shuningdek, shaxsiy va kasbiy rivojlanishga yordam beradi.

Hamkasblar bilan ko‘proq hamkorlik qiling

O‘zingiz alohida ishlab o‘tirsangiz, hech kimni ko‘rmaysiz. Faqat o‘zingiz mas’ul bo‘lgan vazifalarni bajarsangiz, boshida sizni ilhomlantirgan kompaniya missiyasini unutasiz. Yana ortiqcha narsa qilish mumkin emasdek tuyula boshlaydi.

Natijada o‘zingizni yolg‘iz his qilasiz, o‘z-o‘zidan imkoniyatlaringiz cheklanadi. Buning oldini olish uchun hamkasblar bilan ko‘proq muloqot qilish muhim.

Agar jamoani boshqarayotgan bo‘lsangiz, shunday atmosferani yaratishga harakat qiling. Ishtirokchilarni qayta guruhlang, muloqot tarzingizni yoki ofis madaniyatining ba’zi elementlarini o‘zgartiring, shunda odamlar birgalikda ishlashga chinakam rag‘batlantiradi. Hamkorlik kompaniyangiz madaniyatining asosi bo‘lsin.

Agar oddiy xodim bo‘lsangiz, turli imkoniyatlarni qidiring: hamkasblaringiz bilan qiziqarli narsalar yarating, yordamingizni taklif qiling, muhokamalarda qatnashing. Bu kelajakda davom etishi mumkin bo‘lgan hamkorlik sari qadam bo‘lishi mumkin.

Boshqalarning tajribasidan ilhom oling

Ehtimol, siz aniq bir narsaga erishmoqchisiz, lekin buni amalga oshirish uchun sizda motivatsiya yoki bilim yetishmaydi. Sizga kerak bo‘lgan ko‘nikmalar va ma’lumotlarga ega bo‘lgan odamni toping. Bu siz bilgan odam yoki o‘z sohangizda ko‘p eshitgan taniqli mutaxassis bo‘lishi mumkin.

Uning master-klassiga boring, shaxsan muloqot qiling va iloji bo‘lsa, uning harakatini kuzating. Hech bo‘lmaganda ishingiz bilan bog‘liq bo‘lgan tadbir yoki ma’ruzada qatnashing.

Bu energiya, motivatsiya va yangi g‘oyalar beradi.

Agar hamkasblaringiz bilan borsangiz, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Kim biladi, balki umumiy ilhom ishlashga yangi yondashuvlarni topishga va birgalikda nimanidir o‘zgartirishga turtki berar. Nima bo‘lganda ham bu dunyoqarashingizni kengaytirish odatiy faoliyatingizga boshqacha qarashga undaydi.

Maslahat va ilhomlanish uchun kitoblar o‘qing

Biz o‘ylab topadigan g‘oyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga bog‘liq. Shuning uchun, agar o‘zingizni to‘xtab qolgandek his qilsangiz, kitob o‘qing. Bu ajoyib ilhom manbai. Natijada yangi g‘oyalar, yechimlar va fikrlarga ega bo‘lasiz.

Sohangiz bilan bog‘liq bo‘lgan mualliflar kitoblarini qidiring, chunki ular ham sizdek bir xil narsalar haqida ko‘p o‘ylashgan.

O‘zgalarning fikr-mulohazalariga qiziqing

Bu ishingizga boshqa nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi. Menejeringiz yoki jamoangiz a’zolaridan fikr-mulohazalarini so‘rang, shunda siz qanday vazifalarga e’tibor qaratishingiz va qanday yangi maqsadlar qo‘yishingiz kerakligini ko‘rasiz.

Maqsadlarga ega bo‘lish kasbiy rivojlanish va ishdan qoniqish uchun juda muhimdir. Bu zerikish va motivatsiya yetishmasligi bilan kurashishga yordam beradi.

O‘zingizga mos hobbi toping

Agar bir xil ish bilan shug‘ullansangiz, vaqt o‘tishi bilan zerikib, motivatsiyangiz tushib ketadi. Shuning uchun o‘zingizni qiziqtirgan boshqa narsalar bilan shug‘ullanishga harakat qiling. Masalan, yangi sevimli mashg‘ulot.

Agar sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullansak, hayot yanada qiziqarli bo‘ladi va o‘zimizni baxtli his qilamiz. Dam olish hamda energiya tufayli yanada yaxshiroq va zavq bilan ishlaymiz.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Асосийси узига булган ишончни екотмаслик

  2. Zerikishni urniga, borib iwlela, uqila

  3. Depressiya bowlansa, kupin4a wunday buladi

  4. Qorbobo

    Bayramlar yaqin, xursand bo’linglar dance

  5. Zor, rahmat

  6. Juda qiziq, rahmat

  7. Qahramon

    Juda foydali maqola

  8. Nozik qiz

    Yoqdi menga, rahmat

  9. Gulorom

    smile

  10. Zerikmaslik uchun ishlash kerak

  11. Diyorbek

    Zerikmang

  12. Xop rofl

  13. Дилишер

    Жуда ажойиб мотивация

  14. Xumoyun

    good good good

  15. Nega bu maqola topda?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social