3D-printerlar muzqaymoq chiqarishni boshlashdi (+video)

3D-printerlar muzqaymoq chiqarishni boshlashdi (+video)

AQShning Massachusets texnologiya universitetining talabalari muzqaymoq chiqaradigan 3D-printer yaratishdi.

Talabalar muzqaymoq tayyorlaydigan mashina Cuisinart va 3D-printer Solidoodle orqali muzqaymoqlarni turli hil shaklda bosmaga («pechat`») chiqarishi mumkin.

Muzqaymoq bosib chiqarilishdan so`ng erib ketmasligi uchun, 3D-printerni muzlatgichda joylashtirib qo`yishdi. Muzqaymoqlarni 3D-printerda bosib chiqarish uchun suyuq azot ishlatilgan.

«Bizning shunday printer yaratishdan maqsadimiz – bu bolalarni diqqatini olish uchundir. Bizga yangi texnologiya yaratish juda muxim va shu bilan birga o`sib borayotgan avlodni fanga bo`lgan qiziqishini uyg`otishdir, keyinchalik jamiyatning mumkin bo`lgan chegaralarini kengaytirish uchundir» – deb loyiha ishtiroqchilaridan biri aytib o`tdi.

Ilgari 3D-printerlarda konfetlarni va hatto gamburger va pitstsalarni printer orqali bosib chiqishgan edilar.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. mana endi xamma narsani 3D printerdan chikaring! gap yo!

  2. zor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social