Android eng tez Wi-Fi ni topishga yordam beradi

Android eng tez Wi-Fi ni topishga yordam beradi

Android 8.1 (Oreo) operatsion tizimi foydalanuvchi bevosita simsiz tarmoqqa ulanishidan oldin Wi-Fi tezligi va signal kuchini ko’rsatishni boshlaydi. Yangi xususiyatni o’z ichiga olgan yangilash shu hafta mobaynida yuboriladi.

Android umumiy tarmoqqa ulanishdan oldin Wi-Fi tezligini ko’rsatishga kirishadi. Parol bilan himoyalangan maxsus kirish nuqtalari uchun ushbu ma’lumot mavjud bo’lmaydi.

Signal darajasini Wi-Fi belgisi quyidagicha ko’rsatadi ya’ni qancha ko’p bo’yalgan bo’lsa, shuncha kuchliroq signal bo’ladi. Tarmoq tezlikga ko’ra 4 toifaga bo’linadi:

  • “Sekin”- qo’ng’iroqlar va matnli xabarlarni yuborish imkonini beradi;
  • “Oddiy” – saytlarni ochish va musiqa tinglashingiz mumkin bo’ladi;
  • “Tez” va “Juda tez” – onlayn video tomosha qilish imkonini beradi.

Ekranda ulanish tezligini faollashtirish uchun quyidagi sozlashga o’tish kerak:

  • “Tarmoq va Internet” -> “Wi-Fi” -> “Wi-Fi Sozlamalar” -> “Qo’shimcha Sozlamalar” -> “Tarmoqlar reyting manbasi” -> “Yo’q”.
Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ali

    menga yordam kerag km bor

  2. Ali

    galaxy s6.farmatdan sung ishlamayapti.nma qilay

  3. Rishat

    Salom Ali, yoqilmayaptimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social