Apple CarPlay ni taqdim etdi

Apple CarPlay ni taqdim etdi

Apple CarPlay ni taqdim etdi – bu avtomobilda iPhone ishlatish uchun interfeysdir.

CarPlay – avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan birga hamqorlikda ishlab chiqarilgan bo`lib va bu narsa haydovchilarga yo`ldan qolmasdan iPhone ilovalar bilan ishlashga imkoniyat beradi.

Hizmat avtomobilga “apparat” darajasida kiritiladi: demak rulda “Siri” ilovani ishlatish uchun maxsus tugma bo`lib, avtomobil sistemasidagi sensorli displeyda esa iOS 7 operattsion tizimdan oynachalar orqali ko`rsatiladi. Uni ovoz bilan yoki tachskrin orqali boshqarish mumkin bo`ladi, bundan tashqari qo`ng`iroqlar qilish, habarlar jo`natish, xaritalar bilan ishlash va musika eshitish imkoniyatini ham beradi.

CarPlay ning o`ziga hos xususiyatlaridan biri bu o`tilgan yo`l haqida ma`lumotlar bilan foydalangan holda, ushbu yo`lni boshidan takrorlash qobiliyatini, hamda nafaqat Apple servislari bilan ishlash va xattoki boshqa ilovalar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud, masalan Spotify va iHeartRadio dan musiqa eshitish.

CarPlay funktsiyasiga ega bo`lgan mashinalar Mercedes-Benz, Volvo va Ferrari shu xaftada Jenevada taqdim etiladi. Hozirda esa qolgan avtomobillar uchun ham CarPlay kiritish maqsadida ish olib bormoqdalar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social