Karles Puyol` “Barselona” klubidan ketishi haqida xabar berdi.

Karles Puyol` “Barselona” klubidan ketishi haqida xabar berdi.

Kecha bo`lib o`tgan maxsus press-konferentsiyada “Barselona” himoyachisi Karles Puyol` rasmiy ravishda ushbu mavsumdan so`ng kataloniyaliklar jamoasini tark etishini aytib o`tdi.

Futbolchi dam olish uchun bir qancha vaqt ajratishini va keyingi qadamlari haqida ham o`ylab ko`rishini ta`kidlab o`tdi. Shuningdek, Karles Puyol` mavsum yakunlanishida katta press-konferentsiya berishini va kataloniyaliklar tarkibida bo`lgan 19 mavsumlarni eslab o`tishini ham aytib o`tdi.

Puyol` hozirgi mavsumda doimiy o`yin amaliyotiga ega emas, bu esa uning jaroxatlari tufaylidir. Uning tizzasi allaqachon to`liq kuch bilan o`ynashga imkoniyat bermayapti.

Hozirda o`tayotgan mavsumda Ispaniya primerosida himoyachi beshta o`yinlarda qatnashib va bitta gol kiritishga muvoffaq bo`ldi. 35 yoshli himoyachi “Barselona” jamoasi uchun o`ynashni 1999 yilda boshlagan. Shu vaqt ichida kataloniyaliklar bilan birga u 593 o`yinni o`tkazib va ularda 18 toplarni kiritgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. afsus Puyol ketar ekan, uning urniga boshqasin topish qiyin buladi. balki u barsa clubida ishini davom etar???

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social