Apple ning navbatdagi taqdimoti 12-sentyabr kuni bo’lib o’tadi

Apple ning navbatdagi taqdimoti 12-sentyabr kuni bo’lib o’tadi

Apple rasmiy ravishda keyingi taqdimot 12-sentyabrda kutilishini ma’lum qildi. Bu yangi markaz binosi joylashgan Cupertino shaxridagi Stiv Jobs teatrida bo’lib o’tadi. Tadbir ” Atrofda yig’ilish” shiori ostida o’tkaziladi.

Har doimgidek, Apple ushbu taqdimotda nimalar ko’rsatilishi haqida ma’lumot bermadi. Ammo, internetda turli xil manbalarga ko’ra, biz quyidagilarni kutmoqdamiz: yangi iPhone modellari va aqlli soatlar (Apple Watch), AirPods’ning yangilangan versiyasi, simsiz zaryadlovchi AirPower, shuningdek, MacBook va iPad planshetlarining yangilanishi. Va, albatta voqea iOS 12 ning yangi versiyasisiz o’tmaydi.

Apple yangiliklari va yangilanishlarini faqatgina 12-sentyabrda aniq bilib olishimiz mumkin. Biz bilan qoling va kelgusi yangiliklardan xabardor bo’ling.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social