Kuchli protsessor va kameraga ega iPhone 17, rekord darajadagi yupqa iPhone Air, avtonomlik rekordiga ega iPhone 17 Pro va yangi sovutish tizimini olgan iPhone 17 Pro Max taqdim etildi. Shuningdek, Apple yangi smartfonlar narxini oshirdi.
Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 smartfonini taqdim etdi. U 6 yadroli A19 protsessori, kattalashtirilgan ekran va 256 Gb boshlang‘ich xotiraga ega bo‘ladi.
Smartfon beshta rangda chiqariladi va qurilmani burmasdan vertikal yoki gorizontal holatda suratga olishi mumkin bo‘lgan yangi frontal kameraga ega bo‘ladi.

Asosiy xususiyatlar: diagonali 6,3 dyuym, ekran chastotasi 120 Gs, Ceramic Shield 2, Always On Display, yorqinlik 3000 nit, 6 yadroli A19 CPU va 5 yadroli GPU. Smartfonning avtonomligi iPhone 16 ga qaraganda 8 soat ko‘proq video.
iPhone 17 kamerasi kuchaytirildi. Ultrakeng obektiv olib tashlandi, uning o‘rniga 2 marta kattalashtiradigan 12 Mp televik o‘rnatildi. Asosiy sensor 48 Mp. Frontal kamera 12 dan 18 MP gacha yangilandi va sahnani aniqlash funksiyasi qo‘shildi.

Rekord darajadagi yupqa iPhone Air taqdim etildi
Korpusning qalinligi atigi 5,6 mm. Shuningdek, displey ProMotion texnologiyasiga ega.

Apple kompaniyasi rekord darajada yupqa bo‘lgan iPhone Air smartfonini taqdim etdi. Korpusning qalinligi atigi 5,6 mm.
Displey ProMotion texnologiyasiga ega. Ceramic Shield oldingi modellarga qaraganda to‘rt baravar kuchliroq. Titan ramka 80 foiz qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan. Smartfon to‘rt xil rangda chiqariladi.
iPhone Air A19 Pro protsessorida ishlaydi. Kamchiliklardan biri – unda faqat bitta kamera bo‘ladi: 48 MP aniqlik bilan. Frontal kamera ham yangi – 18 MP. Ko‘rinishidan iPhone 17 bilan bir xil.
Yana bir kamchiligi – batareya. Apple an’anaviy ravishda akkumulyator sig‘imini oshkor qilmaydi, lekin u kun bo‘yi ishlaydi deb ta’kidlaydi. Ammo, aftidan, bu faqat magnitli pauerbank bilan.

iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max taqdim etildi
Yangi metall kamera bloki, alyuminiy korpus va kattaroq batareya uchun juda qalin korpus.

Bitta quvvatlashdan olingan 39 soatlik video rekordi. Energiya tejamkor A19 Pro protsessori bilan birgalikda iPhone 17 Pro butun iPhone tarixidagi avtonomlik rekordini o‘rnatadi.
Birinchi marta uchala kamera ham 48 megapikselli bo‘ladi. Bu sifatni yo‘qotmasdan kadrlash imkoniyatlarini kengaytiradi va 8K o‘lchamda suratga olishga yo‘l ochadi.
Yangi techWoven g‘iloflari. Bu yil Apple muvaffaqiyatsiz FineWoven g‘iloflarini TechWoven matoli g‘iloflariga almashtiradi.

iPhone 17 Pro 6,3 dyuym o‘lcham, A19 Pro chipi, ikkala tomondan yangi Cermaic Shield 2 sovutish tizimi, 48 MP sig‘imli 4x telefoto.
iPhone 17 Pro Max 6,9 dyuym o‘lcham, A19 Pro chipi, ikkala tomondan yangi Cermaic Shield 2 sovutish tizimi, 48 MP sig‘imli 4x telefoto.
Apple deyarli barcha yangi iPhone’lar narxini oshirdi.

iPhone 16e narxi $599 dan boshlanadi;
iPhone 17 narxi $799 dan boshlanadi;
iPhone Air – $999 dan boshlanadi;
iPhone 17 Pro – 1099$ dan boshlanadi.
iPhone 17 Pro Max – 1199$ dan boshlanadi.
Barcha smartfonlar 19 sentabrdan sotuvga chiqadi.
Air eng chiroylisi bopti, menga yoqdi
Narxlari lekin juda qimmat, bizada undan ham qimmat boladi
Orzuim shu bir endi chiqqan iphoni bemalol sotib olishim
Hozir esa korib zavqlanish qolyapti
Sotib olganlardan keyin xabarlarni kutaman
Yoqdimi yoki yoqmi
Juda zor, yangi rangi ham vasheee
Klass!!!!
Air juda yoqdi, arzonroq bolganda olsa bolardi
Nakonecta norm obnovleniy qilishbti
Namuncha qimmat bolishmasa
Pro Maxsi nechpul bolarkan? Yozmabsizlar
Унданам киммат булади
Sotib oladiganlar oramizda bormi?