Apple-yangi avlod iPhone larini taqdim etadi

Apple-yangi avlod iPhone larini taqdim etadi

AllThingsD internet nashrining xabar berishicha, 10-sentyabrda Apple kompaniyasi yangi avlod iPhone larini ommaga taqdim etadi. Hozirgi vaqtga kelib, taqdimot kuni e`lon qilingan, lekin qaysi modeli taqdim etilishi haligacha noma`lum.

Apple yangi iPhone 5S va iPhone 5C modellarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ko`pgina internet nashrlarida, Apple yangi iPhone 5S ni taqdim etadi, ba`zilarida esa yangi arzonroq narxdagi iPhone 5C taqdim etadi deb aytilmoqda.

iPhone 5C modeli arzonroq va qulay turdagi model bo`lib, iPhone 5 aks etgan bir nechta o`xshashliklar mavjud. iPhone 5C o`zining yupqaroqligi, burchaklarining aylanasimonligi va har hil rangliligi bilan iPhone 5 dan farq qiladi.

iPhone 5S esa, iPhone 5C dan tubdan farq qilib, lekin u ham hozirda ko`pchilik ishlatayotgan iPhone 5 ga o`xshashlik jihatlari uzida mujassam etgan. Yangi iPhone 5S modelida kuchliroq sensor moslama, Dual-LED flash bilan 12-megapikselli kamera va iOS 7 protsessori bilan jihozlangan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    хуч качон билмисан appleдан нима кутишни. хар доимгидек хаммани лол колдиради. ва яна балки Самсунг компанияси билан янги модеи хакида суд олиб боради))) бу уже оддий иш булди

  2. 159

    apple oldindaqamas, bechora Jobs olamdan o’tgandan keyin appleni imidjiga dog’ tushdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social