Uzoq vaqt davom etgan tadqiqot olimlarga dunyoning muhim savollaridan biriga javob topishda yordam berdi ya’ni mobil telefonlarni inson miyasiga ta’siri.
Mobil telefonlarning zarari haqidagi gap yillar mobaynida aylanmoqda, ko’plab tadqiqotlar bu sohada qarama-qarshi natijalarni bergan. Hozirda esa, Sidney universitetining olimlari mobil telefonlarni miya saratoni bilan aloqasi haqidagi gapni tarqatishdi.
Olimlar ohirgi 30 yil mobaynidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqishdi va mobil telefonlar va miya saratoni bilan hech qanday aloqasi yo’qligni aniqlashdi. Birinchi mobil moslamalar Avstraliyada 1987-yilda paydo bo’lgan. Shu vaqtda ko’plar ular bilan foydalanishmagan, bugungi kunda esa mobil telefonlar 90% dan ortiq avstraliyaliklarda bor. Biroq mobil telefon foydalanuvchilarining soni o’sishi, miya saratoni kasaligi ko’rsatgichda hech qanday o’zgarish olib kelmadi ya’ni mobil telefon foydalanuvchilarining o’sishi, miya saratoni kasalligini o’sishiga olib kelmagan.
Miya saraton bilan kasallanish 80-yillarning boshida boshlangan, biroq o’sha vaqtda ko’plab insonlar mobil telefonlarga ega bo’lmaganlar. Ammo boshqa tadqiqotlar ham mavjud, ularning natijalari mobil telefonlar foydasiga qarshidir.
Bu savol bo’yicha, ya’ni mobil telefonlar va miya saraton orasidagi aloqa haqida insonlarning va olimlarning fikri doimo qarama qarshi bo’ladi. Ammo, bir aniq narsa borki, mobil telefonlar insonga yetkazadigan zararlaridan biri, bu ba’zida bizning vaqtimizni o’g’irlashidir! Bu haqida hech qachon unutmang!
Endi qo’rqmasdan har doim telefon bilan foydalansa bo’ladi