O‘zbekiston – Suriya 1:0!

O‘zbekiston – Suriya 1:0!

Milliy terma jamoamizdan Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonasi kunida ajoyib sovg’a!

Bugun Toshkentdagi Bunyodkor stadionida O’zbekiston va Suriya milliy terma jamoalari o’rtasidagi o’yin 1:0 hisobida hamyurtlarimiz g’alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda MTJ miz futbolchilari biroz ustunlik qilishgan bo‘lishsada, o‘yin natijasi ko‘pchilikni xavotirda ushlab turdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkala jamoada ham xavfli hujum uyushtirish imkoni bo‘lmadi va darvozalarga aniq zarbalar ham berilmadi.

O‘yin ikkinchi bo‘limini futbolchilarimiz juda faol boshlashdi, lekin MTJ miz bosh murabbiyi tarkibga o‘zgartirish kiritguniga qadar hisob o’zgarmadi. O‘yindagi hisobni Sardor Rashidov o‘rniga maydoga tushgan Aleksandr Geynrix ochdi va ushbu gol o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligicha qoldi. Shu tariqa MTJmiz JCH Rossiya 2018 ga yo‘llanma beruvchi Osiyo qit’asi 3 bosqichining guruhdagi birinchi uchrashuvni g‘alaba bilan boshladi.

Guruhdagi birinchi uchrashuv Janubiy Koreya va Xitoy Milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va bu uchrashuvda Janubiy Koreya termasining 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan.

Guruhdagi birinchi davra o’yinlari Eron va Qatar Milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu g’alaba uchun Milliy terma jamoa a’zolariga o’z minnatdorchiligimizni izhor etgan holda, guruhdagi keyingi uchrashuvlarida omad tilaymiz va barcha hamyurtlarimizni ushbu ajoyib g’alaba bilan tabriklaymiz.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dollar almashtiraman

    Suriyada urush ketvottiyu. Shulani 1:0 yutib bayram qilishvottimi. Ulganni tepgandey buptiyu.

  2. Amirxon

    U yerda futbol yaxshi o’ynashadi. Bir o’qigandim ki, ular Joze Mourinyoni trenerlikka chaqirishgandi, lekin u MYUdan tashqari hech kimni trenerlik qilmayman dudi. Va holanki Jahon Chempionatiga chiqish uchun hammani 1:0 hisobida yutsak ham, yetarli bo’ladi))

  3. Dollar almashtiraman

    Gap yuk a tak. Zur gapirarkansiz. Qatta ukigansiz?

  4. Amirxon

    Yoshligimdan beri futbolga qizig’aman, hech qatta o’qimaganman. Faqat vaqtim bekor o’tmasin deb, bo’sh vaqtimda ko’p o’qishni yoqtiraman, kitoblar, maqolalar va boshqa qiziq narsalarni o’qiyman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social