ChatGPT Telegram’ga integratsiya qilinishi mumkin

ChatGPT Telegram’ga integratsiya qilinishi mumkin

Bir necha oydan beri Internet xalqi og’zidan tushmayotgan ChatGPT sun’iy intellekt chatboti tez orada Telegram messenjeriga integratsiya qilinishi mumkin.

Hozirda Telegram’da ChatGPT API’dan foydalanilib yaratilgan ko’plab botlarni topish mumkin. Biroq, ularning hech qaysi biri rasmiy ChatGPT emas. Internetda tarqalgan rasmiyga o’xshash video esa ChatGPT va Telegram logotiplari qo’shilayotganini ko’rsatadi va bu ehtimol ikki servisning birlashayotganiga ishora bo’lishi mumkin.

Afsuski hozircha xizmatlar integratsiyalashuvi qanday ko’rinishda bo’lishi va bu qachon amalga oshirilishi noma’lum. Biroq, video internetda tarqalgan ekan, demak, buning ustida ishlash boshlangan va biz yangilikni uzoq kutmaymiz.

ChatGPT integratsiyalashuvidan tashqari Telegram o’zining Premium obunasiga yana bir xususiyat qo’shayotgan ko’rinadi – Telegram’ning rasmiy tarjimalar platformasida yangi ma’lumot paydo bo’ldi. Unga ko’ra, kelajakda ba’zi davlatlardagi Telegram foydalanuvchilari o’zlarining elektron pochtalarini bir martalik SMS kod bilan reset qilish uchun Premium akkauntga ega bo’lishlari kerak bo’ladi.

Mamlakatingizda SMS narxi yuqori boʻlganligi sababli ushbu elektron pochtani SMS kod orqali qayta oʻrnatish uchun sizda **Telegram Premium** akkaunt boʻlishi kerak.

Siz doʻstingizdan akkauntingiz uchun Premium obunasini sovgʻa qilishni soʻrashingiz mumkin

Ma’lum bo’lishicha, ushbu funksiya akkauntiga bir oyda bir necha marta kirib chiqadiganlar uchun bo’lib, bunda foydalanuvchi davlatidagi SMS narxining qimmatligi sabab ulardan akkauntga kirishda bir martalik SMS kodni to’g’ridan-to’g’ri telefonga emas, balki elektron pochta orqali kod olish talab qilinishi mumkin.

Bundan tashqari Android uchun Telegram’ning beta versiyasida papkadagi chatlarni o’qilgan qilish (bu so’nggi yangilanishda iOS uchun allaqachon qo’shilgan), botlarda yangi dizayndagi Start tugmasi va xotirani tozalash jarayoni uchun yangi animatsiyali oyna paydo bo’ldi. Ular keyingi yangilanish bilan ilovaga qo’shilishi kutilmoqda.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javohir

    Qiziq qiziq… kutib qolamiz

  2. Тимур

    Интересно как это все будет работать

  3. Ulug'bek

    good good good

  4. Yunusov

    Telegramda yaqinda bar4a iwlani bemalol qiliw mumkin bupqoladi

  5. Otabek

    Hoziram kup iwlarimni bemalol uwatta qilaman

  6. Dilbar

    Nima uzi u?

  7. Тимур

    Суний интеллект оркали ишлидиган бот

  8. Dilbar

    Rahmat

  9. Тимур

    good smile

  10. Vohid

    Chatgpt botla tiqilib yotibtiky

  11. Тимур

    Улани одамлани узи кушган, бу эса телеграм билан бирга ишлидиган булади

  12. Vohid

    Aaaa

  13. Gulli

    Hammaga Assalom alaykum telegramdan foydalanmaganim uchun uncha tushunmadim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social