Dubayda Nokia 8.1 smartfoni taqdim qilindi

Dubayda Nokia 8.1 smartfoni taqdim qilindi

Dubayda Nokia 8.1 smartfoni e’lon qilindi. Ushbu smartfon yuqori sifatli kamera va zamonaviy displey bilan ta’minlangan. U 6,18 dyumli, 2 220 × 1 080 pikselli, HDR10ni qo’llab-quvvatlaydigan va kompaniyaning yangi mahsulotlari uchun an’anaviy bo’lgan IPS-ekranni oldi.

Qurilmaning asosiy funksiyalaridan biri 12 va 13 megapiksel sensorli ikkitali kameralar, optik tasvir barqarorligi va ZEISS optiklarga ega bo’lganidir. U portret va boshqa effektlar uchun sun’iy aql (AI)ga yordam beradi, shuningdek, stereo tovushli 4K videoni yozish qobiliyatiga ega.

Old kamera – 20 MP. Shuningdek, portret rejimini va suniy aql algoritmlari asosida boshqa bir qator effektlarni qo’llab-quvvatlaydi.

Adreno grafik tezlashtirgichga ega sakkiz yadroli Snapdragon 710 protsessori smartfonning ishlashiga javobgardir. U 10-nm texnologiya asosida ishlab chiqarilgan Qualcomm chipsining eng so’nggi versiyasidir va 2.2 GHz chastotali ikkita kuchli Kryo 360 yadrosi bilan jihozlangan.

RAM miqdori 4 Gb bo’lib, 64 Gb ichki xotira o’rnatilgan. MicroSD kartalari yordamida kengaytirish imkoniyati mavjud. Akkumulyatorning quvvati 3,500 mA bo’lib, ishlab chiqaruvchilarga ko’ra, qurilma 5 soat faol displeyda ikki kun foydalanishga yetadi.

Smartfon USB-C port orqali tez zaryad “Quick Charge 3.0” ni qo’llab-quvvatlaydi. Orqa tarafida barmoq izlari skaneri mavjud. Smartfon Android 9.0 Pie operatsion tizimida ishlaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social