WhatsApp messenjeri ma’lum bir shaxsga yoki guruhga yuborilgan xabarni o’chirish imkonini beradigan yangi xususiyatga ega bo’ldi. Kompaniya veb-saytiga ko’ra, xabarni faqat yetti daqiqa ichida o’chirish tashlash mumkin ekan.
Umumiy suhbatga yuborilgan xabarni o’chirish uchun barmog’ingizni xabarga tutib, “Yo’q qilish” va “Hammasini o’chirish” ni tanlang. Shundan so’ng, suhbat qatnashchilari “Bu xabar o’chirib tashlangan” degan xabar olishadi.
Huddi shunday, siz yuborgan yoki olingan xabarlar nusxasini ham o’chirishingiz mumkin. Ya’ni, shaxsiy yozishmalar uchun bu funksiya hali foydasiz – xabar faqat jo’natuvchining qurilmasida o’chiriladi, ammo qabul qiluvchida emas.
Bundan tashqari, funksiya to’g’ri ishlashi uchun siz va qabul qiluvchi Android, iPhone yoki Windows Phone uchun WhatsApp ilovasining so’nggi versiyasini ishlatishi kerak. Ilovaning eski versiyalarida ushbu xususiyat mavjud emas.
Manba: Hitech