Eng kuchli Xiaomi smartfoni taqdim etildi

Eng kuchli Xiaomi smartfoni taqdim etildi

Xiaomi’ning yangi Ultra flagmani nihoyat taqdim etildi. Xiaomi 12S Ultra Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan kamera va eng so‘nggi Snapdragon chipiga ega bo‘ldi. 

Smartfonning qo‘shimcha kameralari, aniqroq qilib aytganda, ultrakeng va periskop kameralari texnik jihatdan Mi 12 modelinikiga o‘xshash. Biroq asosiy sensor dunyoning eng kuchli smartfon kamerasi nomiga da’vogarlik qila oladi.

50.3MP 22 millimetrli keng burchakli kameraga Sony kompaniyasining bir dyuymli IMX989 sensori o‘rnatildi. Bu smartfonlardagi eng katta sensor hisoblanadi. Shuningdek, 12.5MP rejimda to‘rtta piksel bittaga birlashib, eng katta individual 3.2 mikron piksellarni hosil qiladi.

Optika dizayni va tasvirlash dasturi bo‘yicha Leica kameralari Xiaomi 12S Ultra’ga yuqori tasvirlash tajribasini taqdim etadi. Bir dyuymli sensor 8P element linzalariga ega bo‘lib, bu tasvirdagi bir qancha muammolarga barham beradi.

Bundan tashqari, ob’yektiv chetiga siyoh qoplamasi, tsiklik olefin kopolimer materiali va spin qoplama texnologiyasiga ega infraqizil yorug‘lik filtri o‘rnatildi. Leica butun orqa kamera modulini Summicron yorlig‘i bilan bezatdi.

Dasturiy ta’minot nuqtai nazaridan ikkita fotografik uslub mavjud – “Leica Authentic Look“ va “Leica Vibrant Look“. Leica Authentic Look yorug‘lik va soya kontrastiga e’tibor qaratib, fotosuratlarga chuqurlik qo‘shib, tabiiy tasvirni yaratishga qaratilgan. Leica Vibrant Look esa Xiaomi’ning hisoblash fotografiyasi bilan Leica estetikasidan foydalanadi. Smartfonda, shuningdek, Leica Vivid, Leica Natural, Leica BW Natural va Leica BW High Contrast kabi rejimlarni topish mumkin.

Orqa paneldagi qolgan ikki kameraga to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchisi 48MP ultrakeng kamera bo‘lib, unga 1/2.0 dyuymli Sony IMX586 sensori o‘rnatilgan. f/2.2 diafragmadagi ushbu kamera avtofokus va makro imkoniyatlariga ega. Telefoto kameraning diafragmasi f/1.4 ni tashkil qiladi.

Smartfon 8-bitli GPEG yoki yuqori HEIF, shuningdek, Adobe Lightroom uchun 10-bitli DNG PAW fayllarini suratga olishi mumkin. Video yozish bo‘yicha qurilma Dolby Vision HDR video imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlobchi birinchi Android smartfon bo‘ldi. 10-bitli h.265 videolar HLG’da 4K va FullHD formatida Rec.2020 rang maydoni bilan suratga olinadi. 4K formatda 80 Mbit /s gacha tezlikda 30 kadr va 60 kadr, 1080p formatda 55 Mbit/s, 60 kadr va 35 Mbit/s 30 kadr formatda videolar olish mumkin.

Xiaomi 12S Ultra smartfoniga 3,200 x 1,440 piksel rezolyutsiyadagi 6.73 dyuymli E5 Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u AdaptiveSync Pro funksiyasiga ega, ya’ni displey 1 gertsdan 120 gertsga avtomatik ravishda o‘tib ishlay oladi. Smartfon 4,860 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 67 vatt simsli, 50 vatt simsiz quvvlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bundan tashqari, gadjet 10 vatt tezlikda o‘zidan quvvat berishi mumkin.

Qurilma akkumulyatorni boshqarish uchun ikkita maxsus Surge chipiga ega – Xiaomi Surge P1 Charging chipi akkumulyatorni haddan tashqari zaryadlashdan himoya qiladi va uning ishlash muddatini uzaytiradi, Xiaomi Surge G1 esa akkumulyatordan foydalanishni boshqarib, avtonomlik vaqtini yaxshilaydi.

Xiaomi 12S Ultra modeli 8/12GB tezkor xotira va 256/512GB UFS 3.1 doimiy xotiraga ega yangi Snapdragon 8+ Gen1 chipida ishlaydi. Yangi chip avvalgisi bilan solishtirganda 10% yuqori GPU unumdorligini taqdim etadi. Shuningdek, quvvat samaradorligi 30% ga oshganini aytilmoqda.

Smartfon innovatsion yangi 3D suyuqlik sovutish tizimiga ega. U issiq maydonning qarama-qarshi tomonida kondensatsiyalangan sovutish suyuqligini tarqatish uchun kapillyar tarmoqdan foydalanadi.

Qurilmaga Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Harman/Kardon stereo dinamiklari o‘rnatilgan. Dasturiy ta’minot jihatidan smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Qurilmaning og‘irligi 225 grammni tashkil qiladi. U IP68 standartiga ega. Smartfon Classic Black va Verdant Green ranglarda taqdim etildi. Afsuski, Xiaomi yangi smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqmasligini aytib o‘tdi.

Uning narxi Xitoy bozorida quydagicha bo‘ladi:

8/256GB – 5999 yuan (taxminan 896 dollar)

12/256GB – 6499 yuan (taxminan 971 dollar)

12/512GB – 6999 yuan (taxminan 1046 dollar)

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Otabek

    bunaqa narxga iphone ogan yaxwiro

  2. Тимур

    факт.

  3. Шокир

    чиройли экан телефон good

  4. Умида

    намунча сиаомиям киммат бупкетипти

  5. Marjona

    arzonro variant yomi?

  6. Otabek

    arzoni u4un redmi oliw kere

  7. Marjona

    Redmi nima u? xiaomimi?

  8. Otabek

    ha, bitta firma, faqat budjetniylani redmi diwadi

  9. Marjona

    hmm. raxmat.

  10. Vahob

    good smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social