Fabric Pen — kiyimni ta`mirlovchi 3D-printer

Fabric Pen — kiyimni ta`mirlovchi 3D-printer

Kiyimning yirtilishi juda ko`ngilsizlikdir. Agarda biron bir muhim ushrashuv oldidan kiyimning yirtilishi ikki barobar ko`ngilsizlikka olib keladi. Oddiy kichkinagina yirtilish kayfiyatimizni anchagina hira qilishi mumkin. Biroq yaqin kunlarda barcha shunga o`xshash muammolar o`tmishda qoladi.

Yaqin kelajakda yubka, djinsi yoki boshqa kiyimlarni ip va ignasiz to`g`irlash imkoniyati mavjud bo`ladi. Bunda sizga Litvalik Ingrid Kazinayt (Ingrida Kazėnaitė) dizayner tomonidan ishlab chiqilgan cho`ntakka mos keladigan 3-D printer yordam beradi.

Moslama yaratuvchining so`zlariga ko`ra, 3-D printerning ishlash jarayoni juda oddiy. Fabric Pen – bu kichkina 3-D printer va u «aktiv» (issiq) material sepishi mumkin. Sepish uchun materialning har xil sintetik matoning turlari ishlatiladi. Ishlash vaqtida qo`l printeri issiq matoni yirtilgan joyga sepiladi va shu bilan joy berkitiladi.

Fabric Pen orqali kiyimni ta`mirlashdan oldin, moslamani kerakli rang bilan sozlash kerak bo`ladi. Bugungi kunda Fabric Pen 35 mato turlari bilan ishlashi mumkin. Bu esa turli xildagi yirtilgan kiyimlar bilan ishlashga imkoniyat beradi. Shuningdek, moslama yaratuvchisi uning imkoniyatlarini ko`paytirmoqchi.

Hozirda Fabric Pen tamomlash darajasida turibdi. Birinchi sinovlar juda yaxshi o`tdi. Hozircha printer ishonch bilan kiyimlarni ta`mirlay olmaydi, biroq tig`iz vaziyatlarda Fabric Pen ga teng keladigani yo`q.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social