Google Android 8.0 Oreo-ni taqdim etdi

Google Android 8.0 Oreo-ni taqdim etdi

Google 21 avgust kuni rasman Android ning sakkizinchi versiyasini – Android Oreo-ni taqdim etdi, u shokoladli pecheniya sharafiga nomlandi.

Android 8.0 interfeysida bir nechta kichik o’zgarishlarni kuzatish mumkin, ammo foydalanuvchilarni juda ko’p yangiliklar kutmoqda. Ulardan eng asosiylar:

• tizim sozlamasida viruslar va juda zerikarli e’lonlarga qarshi kurashish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu sozlama yordamida ilovalar oynasi ustiga chiqadigan har qanday reklamani blokirovka qilish mumkin bo’ladi;
• ilovalar ikonkalari endi bitta ko’rinishda bo’lishi mumkin. Tizim foydalanuvchiga bir nechta ikonka shakllarini taklif etadi;
• ilovalar ikonkalarida yangi xabarnomalar turlari paydo bo’ldi;
• tizim ikonkalari o’zgardi;
• xabar berish kanallari paydo bo’ldi;
• musiqa pleyerlari va shunga o’xshash ilovalar endi ijro qilinayotgan qo’shiqning album suratlarini namoyish etadi;
• “rasmdagi rasm” funksionali paydo bo’ldi;
• tizim avtomatik tarzda kerakli matnni ikki marotaba bosish orqali tanlaydi. Bu manzil, telefon raqami va shunga o’xshash ma’lumotlar bo’lishi mumkin;
• endi butun tizimda avtomatik to’ldirish funksionali ishlaydi;
• sozlamalar menyusi butunlay yangilangan;
• xabar markazi yangilandi;
• tez sozlamalar menyusi yangilandi;
• navigatsiya paneli sozlamalari tugmalar o’rnini o’zgartirish va yangilarini qo’shish imkoniyati paydo bo’ldi;
• qulflangan ekran qayta ishlangan;
• simsiz audio uzatishni qo’llaydigan turli kodeklar qo’shilgan, shu jumladan LDAC, aptX, aptX HD, SBC va AAC;
• fizik klaviaturani qurilmaga ulash imkoni paydo bo’ldi;
• fon rejimida ilovalar ishi cheklangan;
• AdobeRGB, Pro Photo RGB va DCI-P3 profil rang rejimlari qo’llanilgan;
• yangi emoji-lar.

77484Pixel va Nexus qurilma egalari tez orada o’z tizimlarini yangilab olishlari mumkin bo’ladi, lekin aniq sanasi e’lon qilinmagan. Yangilab olish imkoni Pixel va Pixel XL, Pixel C, Nexus 6P, Nexus 5X va Nexus Player da mavjud bo’ladi. Google hamda Essential, General Mobile, HMD Global Home of Nokia Phones, Huawei, HTC, Kyocera, LG, Motorola, Samsung, Sharp va Sony bilan hamkorlikda ishlamoqda, shu yilning oxirigacha ularning qurilmalarini ham Android 8.0 Oreo ga yangilash mumkin bo’ladi.

Manba: 4pda.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social