GoPlug Charging Bags

GoPlug Charging Bags

Amerikalik Djosh Kross “GoPlug Charging Bags” loyihasiga “Kickstarter” da mablag` yig`ishni boshladi – ushbu loyiha akkumulyatorli yo`l sumkalaridan iboratdir. “GoPlug” sumka foydalanuvchilari yo`lda yoki rozetka bo`lmagan joyda texnikani standart interfeyslar (rozetka va USB) orqali zaryad qilishlari mumkin bo`ladi.

“GoPlug” loyihasiga bir nechta turli sumkalar kiradi: noutbuk uchun keys, turli yo`l chemodanlari, ryukzak, fotoapparatura uchun sumkalar. Shu bilan birga ular hammasi suvni o`tkazmaydi.

Ichidagi joylashtirilgan akkumulyatorning hajmi smartfonni to`lik uch marotaba, planshetni – ikki marotaba, noutbukni ham – ikki marotaba zaryad qilishga etadi. Hamma moslamalar sumkani chetida joylashgan bo`lib, bu gadjetlarni yo`l vaqtida zaryad qilishga qulaylik yaratadi.

“GoPlug” sumkalarning narhi $139 dan boshlanadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. sinderella

    wow zor narsani uylab tpishdiu, ayniqsa foydali va kerakli! tezroq sotuvga chikkanda yaxshi bulardi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social