Ikki tizimli Android va WindowsPhone smartfoni

Ikki tizimli Android va WindowsPhone smartfoni

Hindistonda ikki operatsion tizim Android va Windows Phone 8 ishlaydigan smartfonlarni chiqarishmoqchi.

Ikki tizimli smartfonning tavsifnomalari hozircha e`lon qilinmagan, ammo ularning chiqishi shu yilning iyun` oyida kutilmoqda. Kelajak gadjetining narxi haqida ham xabar berilmagan.

Sudxira Xasij so`zlariga ko`ra, moslama texnika bilan qiziqgan korporativ foydalanuvchilar va odamlar uchun mo`ljallangan.

Aytib o`tish joizki, ushbu smartfonlar bir vaqtning o`zida Android va Windows Phone 8 bilan ishlaydigan birinchi qurilma bo`maydi. Ikki operatsion tizim ostida bir nechta planshetli komp`yuterlar ham ishlaydi, masalan Asus va boshqa kompaniyalar.

Eslatib o`tamiz, kelajakda Microsoft mobil biznesiga o`tadigan Nokia kompaniyasi, o`zining Nokia X smartfonlarini taqdim etadi. Ular Android operatsion tizimida ishlaydi, ammo ularning interfeysida Windows Phone elementlari ham mavjud bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social