Ispan kompaniyalaridan biri, insonlarni skaner qilish uchun birinchi 3D-skanerni yaratdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Ispaniyada bir necha soniya ichida insonni uch o`lchovda skaner qilish tizimi ishlab chiqiladi. Moslama CloneScan3D nomi bilan atalib, uni ishlatib ko`rishga ham ulgurishdi. Yangi 3D-tizim yordamida muhandislar Xaen shahrining 318 yashovchilarni skanerdan o`tkazishdi.
“Bu dunyodagi insonlarni qisqa vaqt ichida skaner qiluvchi birinchi moslama” – deya CloneScan3D ni yaratuvchilardan biri aytib o`tdi. Yangi tizim yordamida insonni 15 soniya ichida skaner qilish mumkin va 90 soniya esa ma`lumotlar bilan ishlash uchun kerak. Bu juda oson, fotostudiyada pasportga surat qilishga o`xshaydi.
CloneScan3D qanday ishlashni siz quyidagi video lavhada ko`rishingiz mumkin: