iPhone 6 dan ko`zoynak orqali virtual reallikni yaratuvchi g`ilof

iPhone 6 dan ko`zoynak orqali virtual reallikni yaratuvchi g`ilof

Indiegogo (mablag` yig`ish veb sahifasi) da Pinc g`ilofi uchun mablag` yig`ish boshlandi va ushbu g`ilof iPhone 6 ni virtual real ko`zoynagiga aylantiradi.

Torontodan ishlab chiqaruvchi guruh yaqin 30 kun mobaynida mablag` yig`ish internet sahifasi yordamida 100 ming dollar yig`ishmoqchilar. Aynan shu mablag` Pinc loyihani ro`yobga chiqarish uchun jamoaga kerak bo`ladi.

Pinc – bu ixchamgina o`lchamli g`ilof, foydalanuvchining xohishi bilan unga boshqa virtual reallikga eshik ochib berishi mumkin. Gap shundaki, g`ilofni oddiy qo`l harakatlari bilan virtual real ko`zoynakga aylantirsa bo`ladi, balki u siz eshitgan Oculus Rift yoki Gear VR ga o`xshashi mumkin. Virtual reallikga sho`ng`ish uchun foydalanuvchi boshiga Pinc ni kiyishi lozim va o`z telefoniga oldindan o`rnatilishi kerak bo`lgan ilovani yoqishi kerak.

Virtual muhitga sayohat qilish uchun foydalanuvchi maxsus boshqarish tizim ya`ni ikki uzuk orqali qilishi mumkin. Uzuklarning ichiga kichkina chiroqchalar o`rnatilgan bo`lib, ular kamera orqali aniqlanadi. Ushbu uzuklarni barmoqlaringizga taqgan holda siz ilovalarni boshqarishingiz mumkin.

Rasmiy saytdan moslamani oldindan buyurtma qilish mumkin. Pinc ning narxi 99 AQSh dollar etib belgilangan. Agarda g`oya egalarining Indiegogo da omadi kelsa, virtual real ko`zoynaklar keyingi yilning bahorida sotuvga chiqishi mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Joke

    Da vezde iPhone

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social