Har qanday Apple mahsuloti doimo qimmat bo’lgan va so’nggi yillarda raqobatchilar ham undan qolishmaslikga harakat qilmoqda. iChunt yaqinda $ 1149 narxda do’kon peshtaxtalariga yetib keladigan iPhone X smartfonining tannarxini topishga qaror qildi. Mazkur tadqiqot “Apple” korporatsiyasi har bir qurilmadan rekord miqdorda pul qilayotganini ko’rsatdi va xaridorlar bundan hayratda qoldi.
Agar siz iPhone X ni $ 1149 narxida sotib olsangiz, u holda uning haqiqiy narxi $ 412,75 tashkil qilar ekan. Bu shuni anglatadiki, Apple har bir mobil qurilmadan 2/3 daromad ko’radi.
IPhone X ning eng qimmat komponenti Samsung kompaniyasining OLED ekranidir va ekran 80 dollarga teng. So’ngra protsessor Apple A11 Bionic ($ 26), Qualcomm LTE-modem ($ 18), Face ID skaner ($ 26), old qismi bukilgan oyna ($ 25), Toshiba xotira ($ 45), operativ xotira ($ 24), shuningdek, bir nechta kichikroq tarkibiy qismlardan iborat. Oxir-oqibat, ushbu mobil qurilmaning haqiqiy qiymati – atigi 412 dollarni tashkil qildi.
Bu hisob-kitobga transport harajatlari, reklama va dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ya’ni 11 iOS operatsion tizimi va komponentlar uchun drayverlar hisobga olinmagan. Bu muhtojliklarga 100 dollar qo’shsangiz ham, Apple har sotilgan iPhone X dan katta miqdorda pul ishlab olar ekan.
Manba: Akket