LG byudjetli LG G3 smartfonini taqdim etdi (+video)

LG byudjetli LG G3 smartfonini taqdim etdi  (+video)

LG rasman navbatdagi yangi smartfon LG G3 Beat ni taqdim etdi. Ushbu smartfon Evropa va MDH davlatlarida G3 s nomi ostida sotuvga chiqadi. Moslama tashqi ko`rinishidan va boshqa funktsiyalari bo`yicha G3 flagmaniga o`xshash, ammo qulay o`lchamga, tavsifga va narhga ega.

LG G3 Beat ning displey diagonali 5 dyuym, to`rt yadroli protsessor esa Qualcomm Snapdragon 400 1,2 GGts da ishlaydi. Smartfon 1 GB operativ xotiraga va 8 GB o`rnatilgan xotiraga ega va shu bilan birga yana microSD kartalar uchun joyga ega. Moslama LTE tarmog`ida ishlaydi va Google Android 4.4.2 KitKat operatsion tizim ostida ishlaydi. Batareyaning o`lchami 2,560 mA*ch. Smartfonning o`lchamlari esa 137,7 x 69,6 x 10,3 mm LG G3 s vazmi esa 134 gramm.

Albatta o`rtabyudjetli smartfoniga ko`plab G3 flagmanining dasturiy funktsiyalari ko`chirilgan. Bulardan: displeyni bir teginish bilan tasvirga olish, «aqlli» o`rgatadigan klaviatura va tezkor belgi funktsiyasi QuickMemo+.

Kompaniya mutasadilarining ta`kidlashicha, yangilikning debyut chiqishi Janubiy Koreya bozorida 18-iyul kuni bo`lib o`tadi, shundan keyin smartfonni boshqa Evropa va MDH davtlatlarida sotishni boshlashadi. LG G3 s uch rangli “qora metalika”, “ipakli-oq” va “yorqin oltinrang” turlari mavjud.

Janubiy Koreya dan tashqari boshqa davlatlardagi sotuv sanasi va narhlari ishlab chiqaruvchilar bilan ko`shimchalar keyinchalik belgilanadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    narxi xam budjetli bulsinda :))))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social