LG Electronics dan yangi uyali mobil moslama

LG Electronics dan  yangi uyali mobil moslama

LG Electronics kompaniyasi Samsung kompaniyasining izidan o`zining birinchi bukilgan displeydagi uyali mobil moslamani yaratdi: aslida G Flex apparati smartfon va kompakt planshetli kompyuter birlashmasiga o`xshaydi.

Yangi moslama 6 dyuymli svetoorganik svetodiodli ekranga ega bo`lib va uning ekran o`lchami 720×1280 piksel (format 720r). Kompaniya vakillarining ta`kidlashicha, ushbu panelning bukilgan shakli video va o`yinlarni ancha real qilib ko`rsatishga xizmat qiladi.

Moslamaning boshqa o`ziga xos xususiyatlaridan biri bu – korpusning orqa tomonida “o`zi tiklanadigan” qoplama borligidir. Ushbu qoplama, paydo bo`lgan kichik tirnalgan joylarni keyinchalik bir necha daqiqadan so`ng o`z-o`zidan yo`q qiladi.

Moslama to`rt yadroli 2,26 GGts Qualcomm Snapdragon 800 protsessor asosida qurilgan. Ushbu smartfon 2 Gbayt operativ xotirasi, 32 Gbaytli flesh, micro SD-kartalar uchun joy, simsiz aloqa adapteri Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac) va Bluetooth 4.0, va hamda NFC mikrochip bilan jixozlangan. Asosiy kamera 13,0 megapiksel bo`lib, oldingi kamerasi esa 2,1 megapikseldir.

Smartfon og`irligi 177 gramm va uning o`lchamlari – 160,5×81, 6×7,9–8,7 mm. Quvvat manbaining hajmi 3500 mAch va u foydalanuvchi orqali almatirilish xususiyatiga ega emas. Moslama Android 4.2.2 Jelly Bean operativ sistemasiga ega va bundan tashqari to`rtinchi avlod bo`lgan LTE, HSPA+ va hamda GSM larni o`zida mujassam etgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. madina

    men shunday telefoni xoxlayman )))

  2. Исмингиз

    iPhone 5S bundan yaxshimasmi konfiguraciya buyicha?

  3. umid

    tezroq bizlarga xam etib kelganida zor bulardi )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social